|
“Gapni to’ldiring” metodi
| bet | 6/10 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #260170 |
Bog'liq KULON QONUNI kurs ishi“Gapni to’ldiring” metodi: Ta’rifi:
Umumiy sinf o’quvchilariga o’rganilayotgan yoki o’rganilgan mavzu bo’yicha to’ldirilmagan gaplar beriladi va o’quvchilar tushirib qoldirilgan so’zlarni topib, gapni to’ldiradilar.
Foydalanish qoidalari:
Uy vazifasini tekshirish vaqtida, tabiiy va aniq fanlarda mavzuni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
Afzalliklari:
Bu jarayonga barcha o`quvchilarni jalb qiladi, o`quvchilarning u yoki bu o`quv mavzusi borasidagi bilimlarini aniqlash, ularning o`sishi, ma’lum mavzuni o`zlashtirishda olg`a siljishlarini kuzatishga imkon beradi.
Qiyinchiliklari:
Aniqlanmagan.
Metodning qo’llanilishi: -
Jismlarning elektrlanganlik darajasini tavsiflovchi fizik kattalik
………………deb ataladi.
-
Zaryadlangan zarralar orasida hosil bo’ladigan o’zaro ta’sirlar deyiladi.
-
Elektrlanish jarayonida, yopiq sistema ichidagi barcha zarralar zaryadlarining algebraik yig’indisi………………….
-
Tashqariga zaryadli zarralar chiqmaydigan va bunday zarralar tashqaridan kirmaydigan sistemaga elektr jihatidan deyiladi.
-
Bir xil ishorali zaryadlar bir-biridan ……………… , har xil ishorali zaryadlar bir-biriga ……………..
-
Elektr kuchini hosil qiluvchi kuch maydoni deyiladi.
-
Junga ishqalangan shisha tayoqchasi zaryadlanib qoladi.
-
Junga ishqalangan qaxrabo tayoqchasi zaryadlanib qoladi.
-
Elektronning massasi…………………
-
Protonning massasi…………………
Javoblar:
1.Elektr zaryadi. 2. Elektromagnit o’zaro ta’sir. 3. O’zgarmaydi. 4. Yopiq sistema. 5. Qochadi, tortiladi. 6.Elektr maydoni. 7.Musbat. 8. Manfiy.
9. me = 9,11 ⋅ 10−31kg 10. mp = 1,67 ⋅ 10−27 kg
Bu metodda umumiy olgan bilimlar mustahkamlanadi va o’quvchilarni baholash oson bo’ladi.10 ta gapdan 10 ta yoki 9 tasini to’g’ri to’ldirganlarga “5” baho, 8 ta yoki 7ta topganlarga “4” baho va 6 ta yoki 5 ta topganlarga “3” baho qo’yiladi. Shunda o’qituvchi hamma o’quvchilarni umumiy baholashga erishadi. Bu metodni olib borish jarayoni 10 minut davom etadi.
-
|
| |