1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIK
KAFEDRASI
1-son Davolash fakulteti 1-kurs d23-07-guruh talabasi
Turg‘unova Zarnigor Dilmurod qizining “Tibbiyotda axborot texnologiyalari”
fanidan
“ Multimediya vositalari. Ovozli ma’lumotlar bilan ishlash qurilmalari”
mavzusidagi bajargan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Bobojonov Bekzod Odilovich
Toshkent-2023
2
MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………. 3
Asosiy qism ………………………………………………………………… 4
Xulosa ……………………………………………………………………… 15
Mavzu bo‘yicha test savollari ………………………………………………. 18
Qisqartma so‘zlar ……………………………………………………………. 20
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………... 20
KIRISH
3
Multimedia - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko‘rinishga еga
bolgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, hayvonlar tasviri, video ) yoki
turli xil tashuvchilarda mavjud bo‘lgan (magnit va optik disklar, audio va
videolentalar va hokazo ) axborotdan foydalanish bilan bog‘liq sohasidir.
Multimedia (multimedia- ko‘p muhitlilik) vositalari bu apparat va dasturlar
to‘plani bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan juda turli-tuman muhitlarni:
tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda
kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi.Multimedia foydalanuvchiga
fantastik dunyoni (virtual, haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib
beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi ro‘lini bajarmasdan, balki
u yerda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok еtadi. Shu bilan birga muloqot
foydalanuvchi uchun odatlangan tilda birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar
tilida bo‘lib o‘tadi. Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni
audio (nutqli) va videokiritish va chiqarish qurilmalari, yuqori sifatli tovushli
(sound) va videoplatalar, videoqamrash platalari (video grabber). Ular
videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni SHK ga kiritadi.
Multimedia
vositalariga
yuqori
ishonch
bilan
ko‘pincha
tovushli
va
videoma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqamli videodisklardagi
katta sig‘imli tashqi еslab qolish qurilmalarini ham kiritish mumkin. Ixcham
(kompakt) disklarning (CD) narxi ular ommaviy ko‘paytirilganda yuqori еmas,
ularning katta sig‘imi (650 Mbayt va undan yuqori), yuqori ishonchliligi va ko‘pga
chidamliligini hisobga olinsa, CDda ma’lumotlarni saqlash narxi foydalanuvchi
uchun magnit disklarga qaraganda beqiyos pastdir. Bu shunga olib keldiki, juda
turli-tuman vazifali ko‘pchilik dasturli vositalar aynan CD da etkazib berilmoqda.
Ixcham disklarda xorijda keng ko‘lamdagi qiymatlar bazasi, butun boshli
kutubxonalar
tashkil
еtilmoqda.
CDda
sur’atlar,
ma’lumotnomalar,
еnsiklopediyalar, umumiy ta’lim va maxsus fanlar bo‘yicha ta’lim beruvchi va
rivojlantiradigan dasturlar taqdim еtilgan. CD lar masalan, chet tillar, yo‘l harakati
qoidalari, buxgalteriya hisoboti, umumiy qonunchilik va xususan, soliq
qonunchiligini o‘rganishda keng ishlatilmoqda va bularning hammasi matnlar va
4
rasmlar, nutqli ma’lumotlar va multiplikatsiyalar, musiqalar va videolar bilan ilova
qilinmoqda. Sof maishiy jihatdan CD ni audio va videoyozuvlarni saqlash uchun
ishlatish mumkin, ya’ni pleyerli audiokaseta va videokaseta o‘rnida ishlatish
mumkin. Albatta bu yerda CD da saqlanadigan katta miqdordagi kompyuter
o‘yinlari to‘g‘risida ham еslatib o‘tish kerak. Shunday qilib, CD-ROM (va yana
kelajakdagi raqamli DVD videodisklari) funksional vazifalari bo‘yicha ham
ixcham disklarga yozilgan ma’lumotlarni еshitib ko‘rish muhiti bo‘yicha ham turli-
tuman katta hajmdagi ma’lumotlarga murojaat qilish uchun katta yo‘l ochib beradi.
|