• Vakuum-quritish apparati (2.4-rasm)
  • 2.4 – rasm. Kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi vakuum-quritish uskunasi Fosfatid konsentrati ishlab chiqarish.
  • Gidratatsiyalangan moyni quritish




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/105
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,92 Mb.
    #123471
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
    Bog'liq
    YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

    Gidratatsiyalangan moyni quritish. Nam gidratlangan moyini qisqa vaqt 
    mobaynida ham saqlash mumkin emas, chunki namlik ta’sirida oksidlanish jarayoni 
    kechadi. Natijada moyning kislota soni oshib ketadi. Shuning uchun gidratlangan 
    moy kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi vakuum quritish uskunasida quritiladi. 
    Vakuum-quritish apparati (2.4-rasm). Harorati 85-90
    0
    С bo‘lgan moy (15) 
    quvur orqali apparatga va 3 ta (17) forsunkalar yordamida sochib boriladi. Tomchi 
    qaytargich (18) tomchini vakuum sistemasiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
    Apparat (1) ning quyi qismiga tarelkalardan iborat (4) kontakt yuza o‘rnatilgan 
    bo‘lib, u qo‘shimcha ravishda moydan namlikni bug‘lanishiga xizmat qiladi. 
    Quritish jarayonida qoldiq bosim 2,66 MPa (20 mm sim.ust.) dan ortiq emas. 
    Apparatda vakuum uch bosqichli bug‘ ejektori yoki suvli vakuum-nasos yordamida 
    (19) patrubka orqali hosil qilinadi. Quritilgan moy nasos yordamida (11) shtutser 
    orqali apparatni pastki qismidan so‘rib olinadi. Agar apparatdagi moy sathi 
    me’yordagidan past bo‘lsa, sath rostlagich (13) qalqovuchi bo‘shaladi va tirgakli 


    38 
    moslamani ochadi, shunda chiqish trubasidagi moy apparatga qaytariladi. Shunday 
    qilib uskunada moyni bir xil sathi saqlab turiladi. 
    2.4 – rasm. Kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi vakuum-quritish uskunasi
    Fosfatid konsentrati ishlab chiqarish. Fosfatid emulsiyasi tarkibida 55-75 
    % suv, 15-30 % fosfatidlar, 15-20 % yog‘ bo‘ladi. Fosfatid emulsiyasi tezlik bilan 
    quritishga yuboriladi. Bu jarayon fosfatidlar sifatini saqlab qolish uchun qatlamda 
    bajariladi. Quritish 75-90
    0
    C haroratda, qoldiq bosim 20 mm.sim.ust.ga teng bo‘lgan 
    sharoitda olib boriladi. 
    2.4 – jadval
    Fosfatid konsentratining tavsifi 
    Ko‘rsatgichlar 
    Oziq-ovqat uchun Ozuqa uchun 
    Rangi, mg yodgacha 
    18 
    belgilanmaydi 


    39 
    Namlik va uchuvchan moddalar 
    miqdori, % gacha 
    1,0 
    3,0 
    Fosfatidlar miqdori, %
    55.0 
    40,0 
    Yog‘ miqdori, %
    45.0 
    60,0 
    Fosfatid konsentratsiyadan ajratib 
    olingan yog‘ning kislota soni mg KOH 
    18 
    25 
    Fosfatid emulsiyasini quritish uchun gorizontal uzluksiz ishlaydigan 
    rotatsion-plenkali quritish apparatlari ishlatiladi: ular silindrik va konussimon 
    bo‘ladi. Ishlab chiqarish quvvati 100 kg/s fosfatid konsentratiga teng. 

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish