294
Virtual maydon esa elektron axborot maydoni bo‟lib, bunda
subyektlarning o‟zi ham, voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda,
zichlikda joylashish qoidalari qo‟llanilmaydi. Virtual maydon o‟ziga xos
cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni
joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma‟lumki, har
qanday yuridik fakt, shu jumladan yuridik harakat uni sodir bo‟lish
jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari bo‟yicha
(huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, o‟zgartiruvchi va bekor
qiluvchi oqibatlar bo‟yicha) o‟ziga xos tarzda namoyon bo‟ladi. Shu
ma‟noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir
bo‟lishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi to‟laqonli ravishda ro‟y
berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin bo‟lgan
asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai, uning
oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta‟minlash hisoblanadi.
Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta‟minlash bu borada muayyan
ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar, shartnomalar
tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan
harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik
lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon bilan bog‟liqlik
darajasiga qarab, turlicha ko‟rinishda namoyon bo‟lishi mumkin. Masalan,
ba‟zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib, real maydonda amalga
oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan tovarga buyurtma berish
shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda bo‟lsa shartnomani amalda
ijrosi real maydonda amalga oshiriladi. Ba‟zi hollarda esa buning aksi.
Real maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi
mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga
ko‟chmasdan faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, haq evaziga muayyan axborotni tizimlashtirish va yetkazib
berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga oshirish va xatto unga haq
to‟lash to‟liq virtual maydonda amalga oshiriladi. Shartnomani amalga
oshirish va tuzish bilan bog‟liq hech qanday harakatlar real maydonga
ko‟chirish talab etilmaydi.