289
qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim
bo‟lgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda
yetkazilishini, to‟lov amaldagi qanday shakllarda bo‟lishini
mutlaqo
o‟zlari, mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar,
shartnoma tuzishga majburlashga yo‟l qo‟yilmaydi
1
.
Shartnoma erkinligi tamoyilining mazmuni FKning 354-moddasida
mustahkamlab qo‟yilgan. Unga ko‟ra, fuqarolar va yuridik shaxslar
shartnoma tuzishda erkindirlar. Buning ma‟nosi shundan iboratki, hech
kim ularni shartnoma tuzishga majbur qila olmaydi. Shartnoma fuqarolar
va yuridik shaxslarning o‟z xohishiga ko‟ra, o‟z erki irodasi bilan tuziladi.
Albatta, ularni shartnoma tuzishga undovchi sabablar (motiv) turlicha
bo‟lishi mumkin: o‟z ehtiyojlarini qanoatlantirish, foyda olishga intilish,
ta‟sis hujjatlarida belgilab qo‟yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish
va h.k. Ba‟zan, boshqa uchinchi shaxslar
shartnoma tuzish haqida talab,
taklif yoxud iltimos qilishlari mumkin. Biroq har qanday holda ham
shartnoma tuzish haqidagi qaror fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan
mustaqil, o‟z erki-irodasi asosida qabul qilinadi. Shartnoma tuzish vaqtida
fuqaro (yuridik shaxs rahbari, vakili) fikri tiniq, ruhiy holati normal, o‟zini
o‟zi idora qila oladigan, o‟z harakatlarining oqibatlarini ko‟ra oladigan
holda bo‟lishi lozim. Agar subyektning ichki ruhiy holatida, ongida ro‟y
bergan buzilishlar, tashqi ta‟sirlar tufayli shartnoma tuzishga majbur etilsa,
unday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Bu shartnomalar erkinligini real
ta‟minlashning o‟ziga xos yuridik kafolati hisoblanadi deb aytish mumkin.
Amaliyot shuni ko‟rsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi,
undan taraflarning o‟zaro manfaatdorligi,
shartnomada shartnoma
intizomining mustahkamligi (ya‟ni, xalq tili bilan aytganda,
“shartnomaning puldan qimmatligi”), unda ma‟muriy-buyruqbozlikka
asoslangan javobgarlikdan ko‟ra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi
xo‟jalik yurituvchi subyektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan
(shartnomadan) to‟laroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalar to‟lov
intizomini
kuchaytiradi,
taraflarning
faoliyatini
har
tomonlama
rag‟batlantiradi, o‟z navbatida taraflarning mas‟uliyatini oshiradi,
xo‟jalikning debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida
taraflarning barqarorligini ta‟minlaydi. Bu esa, o‟z navbatida, jamiyatda
tovarlar, xizmatlar va kapitallarning mo‟l-ko‟lligiga garovdir.
1
Masalan, avtotransport egalari qonunga koʻra oʻzlarining fuqarolik – huquqiy javobgarligini majburiy sugʻurtalash
shartnomasini tuzishlari shart.
290
Shartnoma erkinligi tamoyili nafaqat fuqarolik huquqini, balki milliy
huquq tizimini yetakchi tamoyillaridan biri deb aytish mumkin. Shartnoma
erkinligi tamoyili asosida quyidagi qoidalar yotadi:
-fuqarolar va yuridik shaxslar
shartnoma tuzishda erkindirlar;
-shartnoma tuzishga hech kim majbur qilishga yo‟l qo‟yilmaydi,
shartnoma tuzish burchi FK (358-modda), boshqa qonunda (Avtotransport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‟urtalash
to‟g‟risidagi qonun, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‟urtalash to‟g‟risidagi qonun) yoki olingan majburiyatda (FK
361-moddasi) nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
-taraflar
qonun
hujjatlarida
nazarda
tutilmagan
istalgan
shartnomalarni
tuzishlari
mumkin
(distribyutorlik
shartnomasi,
volontyorlik
shartnomasi,
tansoqchi
xizmati
bo‟yicha
fuqarolik
shartnomasi, tolling (xom ashyoni qayta ishlash uchun topshirib,
birlamchi, ikkilamchi tayyor mahsulotlarni o‟ziga qaytarib olish haqida
shartnoma), agentlik shartnomasi, konsignastiya shartnomasi, notijorat
hamkorligi shartnomasi va boshqalar);
-aralash shartnomalar tuzishga taraflar haqliligi;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imperativ
shartlardan tashqari
qolgan shartlar erkin belgilanadi..
Shu ma‟noda sohaning tezkor va ta‟sirchan huquqiy mexanizmini
yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta‟minlash maqsadida
mamlakatimizda 1998-yil 29-avgustda “Xo‟jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‟g‟risida” Qonun qabul
qilindi, shartnomalarni tuzish va bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular,
o‟z navbatida, tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat
qilmoqda.
Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va
burchlarini belgilash, o‟zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o‟zaro
kelishuvidir.
Shartnoma atamasi uch ma‟noda: yuridik fakt;
biror-bir yuridik
faktga asoslangan, moddiy manfaatlar to‟g‟risidagi huquqiy munosabat;
shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) o‟zaro kelishuvini aks ettiruvchi,
ifodalovchi hujjat ma‟nosida ishlatiladi. Bu o‟rinda u o‟zining birinchi
ma‟nosi–yuridik fakt sifatida ko‟riladi va o‟rganiladi.
Yuridik harakatlar, o‟z navbatida. huquq yo‟l qo‟ygan harakatlar
sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) dan
iboratligi ko‟rsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlarning hammasi (oldi-
sotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi.
Shartnoma tushunchasidagi asosiy belgi va shart – taraflarning
muayyan natijaga erishishga qaratilgan o‟zaro kelishuvlaridir. Taraflarning
291
har biri tomonidan shartnoma bo‟yicha olinadigan
huquq va burchlar har
xil bo‟lsa ham, ular oqibatida yagona huquqiy natija beradi, masalan,
biror-bir narsaga nisbatan egalik huquqi o‟tkaziladi yoki biror-bir
ashyodan foydalanish huquqi olinadi va h.k.
Taraflarning kelishuvlari natijasida erishiladigan bevosita aniq
natijani mazkur shartnoma tuzishda taraflarning o‟z oldilariga qo‟yilgan
asosiy maqsaddan ajratish kerak
.
Masalan, metallurgiya zavodi mashinasozlik