• Fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan ozod qilish
  • Zararni qoplash fuqarolik-huquqiy javobgarlik shakli sifatida




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

     
    Zararni qoplash fuqarolik-huquqiy javobgarlik shakli sifatida 
     
    Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning asosiy shakli bo‟lgan zararni 
    qoplashni uchta turi bor. Birinchisi zarar (real va boy berilgan foyda)ni 
    qoplash (FKning 14-moddasi) bo‟lib, bu umumiy xususiyatga ega. Bundan 
    tashqari zararni qoplash maxsus usuli sifatida, agar huquqbuzar 
    huquqbuzarlik orqali ma‟lum bir foyda ko‟rgan bo‟lsa, mazkur foydani 
    zarar ko‟rgan shaxs foydasiga undirish ham qo‟llaniladi. Va nihoyat 
    mualliflik huquqi va turdosh huquqiy munosabatlarda zararlar 
    yetkazilishidan qat‟i nazar, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzar aybi 
    darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda 
    zararni o‟rnini qoplash evaziga to‟lanishi lozim bo‟lgan tovonni to‟lanishi 
    (Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‟g‟risidagi qonunning 65-
    moddasi) ham mavjud. 
    Moddiy zararni qoplashdan tashqari ma‟naviy zararni qoplash ham 
    fuqarolik-huquqiy javobgarlikning o‟ziga xos shakli hisoblanadi.
    Fuqarolik-huquqiy 
    javobgarlikning 
    alohida 
    turlari 
    bo‟lgan 
    majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik va zarar yetkazganlik uchun 
    javobgarlikni qo‟llash masalalari ushbu darslikning tegishli qismlarida 
    bayon etilgan. 
    Fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan ozod qilish 
    Umumiy qoida bo‟yicha fuqarolik javobgarlikdan ozod qilish 
    asoslaridan biri sifatida yengib bo‟lmaydigan kuch va favqulodda 
    vaziyatlar ya‟ni fors-major holatlari e‟tirof etiladi. Fors-major holatlari 
    shartnomaviy majburiyatlari bo‟yicha ham (FKning 333-moddasi 3-qismi) 


    259 
    va muayyan holatlar bo‟yicha delikt majburiyatlar bo‟yicha ham (999-
    moddaning 1-qismi) javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida qo‟llaniladi. 
    Fors-major holatlari ro‟y bergan deb hisoblash uchun ushbu holatlar 
    quyidagi ikki belgiga ega bo‟lishlari lozim.
    Birinchidan, fuqarolik huquqiy munosabatning tegishli ishtirokchisi 
    insofli va jonkuyarlik bilan harakat qilganda ham ushbu holatni oldini 
    olishga, uni oqibatlarini bartaraf qilishga imkoniyati bo‟lmasligi shart. 
    Boshqacha aytganda fuqarolik huquqi munosabatlari subyekti uchun u 
    yengib bo‟lmaydigan, qarshi turib bo‟lmaydigan kuch hisoblanadi. Ba‟zi 
    holatlarda esa ushbu kuch ta‟sirida ro‟y bergan vaziyat hisoblanadi. 
    To‟g‟ri, muayyan holatlarda subyekt bunday kuchga qarshi turishi, 
    oqibatlarini bartaraf etishi mumkin bo‟ladi. Biroq, bu inson hayotini 
    qurbon berish yoxud juda katta moddiy talafotlar yoki xarajatlar evaziga 
    amalga oshirishi mumkin. Ham ahloqiy, ham huquqiy nuqtai nazardan 
    olganda kuchni bartaraf etish say-harakatlari va xarajatlari hajmi bilan 
    buning evaziga erishiladigan natija (majburiyatni ijro etilishi) o‟rtasida 
    juda kuchli nomutanosiblik ro‟y berishi mumkin. Shu sababli ham 
    subyektni bunday holatda yengib bo‟lmas kuchga qarshi turishi maqsadga 
    nomuvofiq hisoblanadi. 
    Ikkinchidan, bunday holat kutilmaganda, to‟satdan ro‟y beradi. 
    Fuqarolik munosabat ishtirokchilari bunday holat ro‟y berishini oldindan 
    ko‟ra bilmagan, hisobga olmagan bo‟ladilar.
    Kundalik turmushda tavakkalchilik xavf-xatari bilan fors-major 
    holatlari o‟rtasida tafovutlar har doim ham hisobga olinavermaydi. Fors-
    major holatlari har doim umumiy normal holat doirasidan tashqarida 
    bo‟ladi. Tavakkalchilik xavf-hatari esa umumiy normal holat doirasida 
    bo‟ladi.
    Biroq shuni ta‟kidlash o‟rinliki, fors-major holatlari FK 333-modda 
    mazmuniga ko‟ra javobgarlikdan ozod qilishning dispozitiv asosi 
    hisoblanadi. Qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan holdagina fors-
    major holati qo‟llanilishi mumkin. Taraflar shartnoma asosida o‟z 
    majburiyatlarini belgilashganda taraflardan biriga tavakkalchilik burchini 
    kengaytirgan holda fors-major holatlari oqibatlari uchun mas‟ul sifatida 
    belgilashlari mumkin. Masalan, eksport-import kontrakti tuzilganda 
    muayyan taraf uni davlat ro‟yxatidan o‟tkazdirish, bojxona taomillari va 
    shu kabi masalalar bo‟yicha tavakkalchilik burchini o‟z zimmasiga olishi 
    mumkin. Bunday holatda kontraktni davlat ro‟yxatidan o‟tkazdirmaslik, 
    tovarni bojxonada ushlab qolish, garchi ular davlat hokimiyati 
    idoralarining harakatlari orqali ro‟y bergan bo‟lsa ham fors-major holatlari 


    260 
    hisoblanmaydi. Odatda investorda, kreditorda mustahkam ishonch 
    uyg‟otish 
    uchun 
    muayyan 
    holatlarda 
    shartnomalarda 
    fors-major 
    oqibatlarini manfaatdor taraf o‟z zimmasiga olishi mumkin. 
    Xalqaro tajriba bo‟yicha fors-major holatlari sifatida quyidagilar tan 
    olinadi: 
    - xarbiy harakatlar shu jumladan e‟lon qilingan va e‟lon qilinmagan 
    urushlar, fuqarolar urushlari, va shu kabilar natijasida majburiyatni ijro 
    etilmasligi; 
    - tabiiy ofatlar shu jumladan, zilzila, suv toshqini, sunami, ko‟chkilar, 
    qurg‟oqchilik, do‟l urushi va shu kabilar. Bu o‟rinda shuni unutmaslik 
    lozimki, ba‟zi tabiiy ofatlar hozirgi zamon fan-texnikasi yutuqlari asosida 
    bashorat qilinishi, qarshi turilishi mumkin. Yoxud bir holat muayyan 
    vaziyatda 
    fors-major 
    holati, 
    boshqa 
    vaziyatda 
    esa 
    qarzdorni 
    mas‟uliyatsizligi sifatida qaralishi mumkin.
    Masalan har bir korxonaning ko‟chmas mulkida yashin qaytargichlar 
    o‟rnatilgan bo‟lishi shart. Biroq qishloq xo‟jaligiga tegishli ekin 
    maydonlari, bog‟larda yashin qaytargichlar o‟rnatilishi talab etilmaydi. 
    Binobarin korxonani yashin urib vayron qilishi fors-major holati 
    hisoblanmaydi, biroq bog‟ni yashin urib yonib ketishi fors-major holatlari 
    hisoblanadi.
    Shu jumladan: 
    -ish beruvchi va xodimlar o‟rtasidagi nizolar, shu jumladan ish 
    tashlashlar, lokautlar, ishlab chiqarishni sekinlashtirishlar va shu kabilar 
    oqibatida majburiyatni bajarilmasligi; 
    -davlat hokimiyati organlarini qonuniy yoki g‟ayriqonuniy 
    harakatlari sababli majburiyatni ijro etilmasligi (agarda taraflardan biri 
    ushbu holatlar bo‟yicha o‟ziga tegishli majburiyat yoki tavakkalchilik 
    burchini zimmasiga olmagan bo‟lsa). 
    Mamlakatimizda fors-major holatlarini qo‟llash bo‟yicha muayyan 
    amaliyot vujudga kelgan
    . Masalan. Qishloq xo‟jalik ekinlarini qurg‟oqchilik, do‟l 
    urushi yoki suv toshqini oqibatida majburiyatni bajarmasligi tegishli mahalliy 
    meteokuzatuv stansiyalari ma‟lumotlari asosida tasdiqlanadi.
    Tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq 
    O‟zbekiston Respublikasi hududida boshlangan yengib bo‟lmaydigan 
    kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi mavjud. Mazkur tartib 
    nizom asosida ya‟ni O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    2005 yil 15 fevraldagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan “Yengib 
    bo‟lmaydigan 
    kuchlar 
    (fors-major) 
    holatlarini 
    tasdiqlash 
    tartibi 
    to‟g‟risida”gi Nizom asosida tartibga solinadi. 


    261 
    Mazkur nizomga ko‟ra yengib bo‟lmaydigan kuchlar (fors-major) 
    holatlari - bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‟liq bo‟lmagan 
    tabiat hodisalari (zilzila, ko‟chki, bo‟ron, qurg‟oqchilik va boshqalar) yoki 
    ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini 
    ko‟zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan 
    sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini 
    bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‟lmaydigan va kutilmagan 
    holatlardir. 

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zararni qoplash fuqarolik-huquqiy javobgarlik shakli sifatida

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish