|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
|
bet | 47/109 | Sana | 18.01.2021 | Hajmi | 1,79 Mb. | | #13041 |
Globallashtirish. Tashkilot yo‘ldosh aloqa va Internet tarmo-g‘idan foydalanib axborot texnologiyalari yordamida xohlagan joyda va xohlagan paytda ish olib borishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday nuqtasidan turib o‘zaro muloqot qilish imkoniga ega. Bu holatda doimiy va yarim doimiy harajatlar yanada keng geofafik mintaqada taqsimlanish hisobiga ustivorlikka ega bo‘ladi.
Konvergensiya. Konvergensiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o‘rta-sidagi farq yo‘qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o‘rtasidagi tafovut uchib ketadi, firmalar va korporatsiya-larning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori va xizmat sohalari o‘zaro uyg‘unlashib ketadi.
Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalari - bu dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o‘tish asosidir. Mazkur tendensiyaning biznesda qo‘llanilishi quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi:
har bir ish o‘rnida resurslar yetarli bo‘lganda axborotlarni qayta ishlash uchun taqsimlangan shaxsiy (personal) hisoblashlarni amalga oshirish;
xabarlarni jo‘natish uchun ish o‘rinlari birlashganda kommunikatsiyaning rivojlangan tizimini yaratish;
tashkilot axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global kommunikatsiyalarga ega bo‘lishi;
elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;
tashkilot integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo‘g‘inlarni bartaraf etish.
|
| |