|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali 2023-2024 o‘quv yilida 4-bosqich kunduzgi ta’lim yo‘nalishi talabalarining amaliyot hisoboti
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 19,23 Mb. | | #248072 |
Bog'liq Amaliyot hisobot RI-20
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
2023-2024 o‘quv yilida 4-bosqich kunduzgi ta’lim yo‘nalishi talabalarining amaliyot
HISOBOTI
2023-2024 o‘quv yilida 4-bosqich 5234100-“Raqamli iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi talabalari 2024-yil 8-apreldan 4-mayga qadar ma’lakaviy amaliyotni o‘tash uchun shrtnoma asosida tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Kunduzgi ta’lim yo‘nalishi RI-120 guruhdan 23 ta talaba, RI-220 guruhdan 25 ta talaba va RI-320 guruhdan 15 ta talab turli tashkilotlarda amaliyot o‘tadi. Jumladan:
IT Park Samarqand viloyati hududiy filialida – 1 ta
O‘zbektelekom AK,Samarqand filiali-6 ta
Respublikamizning turli hududlaridagi bank va bank filiallarida – 13 ta
Viloyat va tumanlardagi MCHJ va AJ larda – 43 ta
Amaliyot davrida “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasidan biriktirilgan amaliyot rahbarlari B.Janzakov,U.G’iyosov,U.Kubayev, R.Eshimov, D.Raxmanova, Z.Yuldosheva, J.Rajabov tomonidan talabalarning amaliyot oʻtayotgan tashkilotlarga borib muntazam ravishda tushuntirish va oʻrganish ishlarini olib bordi.
Talabalar malakaviy amaliyoti bo’yicha kafedrada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan amaliyot dasturlari va kundalik daftarlari bilan ta`minlandi.
Amaliyot davrida talabalarning o’zlariga yuklatilgan vazifalarini bajarilishi bir necha bor kafedra tomonidan nazorat qilib turildi.
Talabalarga tashkilot haqida ma’lumot, uning tarkibi, tuzilmasi, bo’limlari, uning vazifalari hamda texnika xavfsizligi qoidalari to’g’risida tushuntirish ishlari berildi.
Talabalar “Raqamli iqtisodiyot” fanidan o‘tilgan mavzular bo‘yicha nazariyani amaliyotga bog‘lagan holda amaliyot o‘tdilar. Bunda, talabalar tashkilotlarda mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, “Raqamli iqtisodiyot“ tushunchasi, raqamli iqtisodiyot: elektron biznesni boshqarish asoslari, elektron savdo (internet savdo) ning rivojlanish xususiyatlari, iqtisodiyotni raqamlashtirish ko‘rsatkichlari, raqamli iqtisodiyotda biznesni va korxonani boshqarishning xususiyatlari, mobil texnologiyalar, elektron tijorat modellari, elektron ta’lim platformalarini rivojlantirish, raqamli marketing muammolari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratishdi. Amaliyot davri davomida talabalar belgilangan dastur asosida har bir mavzu bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning Samarqand viloyati hududidagi axborot texnologiyalri, raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalari sohasidagi ma’lumotlarini o’rganib chiqdi.
Ushbu talabalar amaliyot o’tash davrida olgan bilim va ko’nikmalarini amalda qo’llab, o’z bilim va tajribasini yanada oshirdi hamda o’zlarining tirishqoqligi, intizomi, bilimi va namunali hulqi bilan tashkilot xodimlari orasida hurmat qozonganligi sababli tashkilot va amaliyot rahbari tomonidan tavfsifnoma berildi.
Bu talabalar o’zlariga biriktirilgan bo’linmalarda tasdiqlangan amaliyot dasturlari asosida kunlik amaliyot vazifalarini bajarishib kundalik daftarlariga qayd etib borishdi hamda amaliyot so’nggida malakaviy amaliyot hisobotlarini tayyorlashdi.
2023-2024 o‘quv yili o‘quv rejasiga asosan talabalarning malakaviy amaliyotini tashkillashtirish maqsadida filial direktori O.Murtazayev tomonidan 2024-yil 3-apreldagi 83-T sonli buyrug‘iga ko‘ra talabalarning hisobotini himoya qilish 2024-yil 11-mayda quyidagi komissiya tarkibi asosida tashkil etildi:
U.Sh.Ubaydullayev – “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kaferasi mudiri, komissiya raisi.
G‘.A.Ibragimov – Iqtisodiyot fakulteti dekani, komissiya a’zosi.
B.Janzakov - “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kaferasi o’qituvchisi, komissiya a’zosi.
U.Kubayev-“Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kaferasi o’qituvchisi, komissiya a’zosi.
D.Raxmanova - “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kaferasi assistenti, komissiya a’zosi.
Z.Yuldosheva- “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kaferasi assistenti, komissiya a’zosi.
J.Rajabov - “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kaferasi assistenti, komissiya a’zosi.
Talabalar hisobotni topshirish natijalariga ko‘ra quyidagicha baholandi:
15ta talaba 3 (qoniqarli);
25 ta talaba 4 (yaxshi);
23 ta talaba 5 (a’lo);
Kafedra mudiri: U.Ubaydullayev
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali 2023-2024 o‘quv yilida 4-bosqich kunduzgi ta’lim yo‘nalishi talabalarining amaliyot hisoboti
|