|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
| bet | 50/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka2-rasm. Vaqtincha himoyalangan yerlarga ekish uchun mo’ljallangan bodring ko’chati
Kubiklarni tayyorlashda oziq aralashmasi organik qismining tarkibi boshqa sabzavot ekinlari ko’chatlarini yetishtirishga o’xshaydi. Mineral o’g’itlar aralashmaga quyidagi miqdorda qo’shiladi (1m3 aralashmaga, kg): ammiakli selitra – 0,5-1,3, superfosfat – 1-6 va kaliy sulfat – 0,5-1,5. Oziq kubiklarining kattaligi 666 yoki 888 sm. Undirilgan urug’lar tegishli tayyorgarlikdan so’ng 1-2 tadan kubiklarga ekiladi.
Zaif rivojlangan ko’chat to’liq mineral o’g’itlar bilan 2-3 marta oziqlantiriladi. Qo’shimcha oziqlantirishda foydalaniladigan oziq eritmasining aralashmasi 0,5% dan oshmasligi kerak. 1 m2 joyga mineral o’g’itlar quyidagi hisobda: 10 g ammiakli selitra, 30 g superfosfat va 10-15 g kaliy xloridni 10 l suvda eritib beriladi. So’nggi marta oziqlantirish ekishga 5-6 kun qolganda o’tkaziladi. Har bir oziqlantirishdan so’ng o’simlik toza suv bilan sug’oriladi.
Agarda bodring ko’chati ochiq yerga ekishga tayyorlansa, uni ekishdan 5-7 kun oldin chiniqtirish boshlanadi. Plyonka ostiga ko’chat 3-4 barg chiqargan bosqichda, ochiq yerga esa 2-3 barg chiqarganda ekiladi.
Nazorat savollari:
-
Pomidor ko’chatlarini yetishtirishning o’zoga xos xususiyatlari nimada?
-
Pomidor ko’chatlarini yetishtirishda eng maqbul harorat qanday bolishi talab etiladi?
-
Bodiring ko’chatlarini yetishtirishning o’zoga xos xususiyatlari nimada?
-
Bodiring ko’chatlarini yetishtirish pomidor ko’chatlarini yetishtirishdan nimasi bilan farq qiladi?
-
Pomidor va bodring navlarini qaysi birlari bizning mamlakarimizda eng ko’p ekiladi?
Reja:
-
Himoyalangan yer maydonlaridan unumli foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar tizimi.
-
Ekinlar aylanishi, ularni ahamiyati va tuzish asoslari.
-
|
| |