• Bargli salat.
  • Bargli ko‘kat ekinlarini yetishtirish texnologiyasi




    Download 16,04 Mb.
    bet106/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Bargli ko‘kat ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
    O‘zbekiston issiqxonalarida bargli ko‘kat ekinlardan bargli salat, kress-salat, pekin va xitoy barg karamlari yetishtiriladi. Ularni qishki-bahorgi va erta bahorgi aylanish mavsumlarida yetishtiradilar. Ular bir yillik, juda tezpishar ekin bo‘lib, O‘zbekistonda faqat urug‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerga ekish orqali yetishtiriladi, ularni yetishtirishda ko‘chat uslubini qo‘llamaydilar.
    Bargli salat. Salat – bir yillik o‘tli o‘simlik. Salat 3 ta tur xili bilan farqlanadi: bargli, bosh o‘raydigan va romen salatlari.
    Bargli salat urug‘ unib chiqqandan boshlab 30-40 kun o‘tgach barg tupini hosil qiladi, va u ovqatga ishlatiladi. To‘p barg hosil qilgandan so‘ng o‘simlik gul poya chiqarib yuboradi. U paydo bo‘lshi bilan barglar achchiq va ishlatishga yaramaydigan bo‘lib qoladi.
    Bosh o‘raydigan salat ham boshida tup barglarni hosil qiladi, Shundan so‘ng bo‘sh (yumshoq) boshni shakllantiradi, uni pishib yetilishi urug‘ unib chiqqandan so‘ng 50-95 kun o‘tgach boshlanadi.
    Romen ovalsimon yoki teskari tuxumsimon shakldagi boshchalarni hosil qiladi. Romen salatini eqilgandan to texnik pishib yetilishigacha o‘suv davri 70-100 kun.
    Salat – qimmatli vitaminlar va mineral tuzlarning manbayi. 100 g xo‘l massada 6 mg gacha karotin (provitamin A), 15 mg gacha vitamin S, hamda V1, V2 va V6 vitaminlari mavjud.
    Yorug‘lik yetishmaganda va zich eqilganda barglarni o‘sishi sekinlashadi va boshli shakllarida esa yaxshi boshchalar hosil bo‘lmaydi. Uzo‘n kunli sharoitda tez gul poya va gullar hosil bo‘ladi.
    Bu o‘simlik issiqlikni talab qilmaydi. Chiniqqan o‘simliklar qisqa muddatli -5-6°S li sovuqqa bardosh beraoladi. Urug‘lari +5°S unib chiqaboshlaydi. Urug‘ni unib chiqishi uchun maqbul harorat 14-16°S. Tuproq harorati 25°S dan ko‘tarilsa urug‘larni o‘nuvchanligi keskin pasayadi. Urug‘ unib chiqqandan so‘ng 5-6 kun davomida harorat kunduzi 8-12, kechasi 6-10°S gacha pasaytiriladi. Keyincha-lik haroratni maqbul bo‘lishi yoritilganlikka bog‘liq. Yorug‘lik yetishmaganda harorat oftobli kunda – 14-18 °S, bulutlida – 10-12°S, kechasi – 6-8°S, yaxshi yoritilganlikda esa, yuqoridagiga muvofiq 18-20, 14-16 va 8-12°S bo‘lishi kerak.
    Salat tuproq namligiga talabchan. Maqbul namlik 75-85% EPN (eng past namlik). Namlikni yetishmasligi barglarni dag‘allashuviga va muddatdan ilgari poyalanishiga olib keladi. Barglar optimal kattalikka yetmaydi va ularda achchiq ta’m hosil bo‘ladi. Havoning nisbiy namligi 60-80% bo‘lishi kerak. Tuproq va havonnig ortiqcha namligi soxta o‘n shudring, oq va qo‘l rang chirish kasallik-larini chaqiradi.
    Salat yuqori o‘numdor tuproqlarni yoqtiradi, ammo tuproq eritmasini yuqori konsentratsiyasiga ta’sirchan. Tuproq muhitini maqbul reaksiyasi neytral, rN – 6,9-7,2.
    Bosh salat va romen hosildorligini yuqoriligi, tovarlik sifatlarini yaxshiligi, saqlashga va tashishga moyilligi bilan farqlanadi. Ammo ular ancha kechpishar. Shu sababli ko‘chat usuli bilan yetishtiriladi. Shu bois bosh salat va romen O‘zbekistonda tarqalmagan.
    O‘zbekistonda bargli salatni Kok-shox navi tumanlashtirilgan. Undan tashqari tumanlashtirilmagan Moskovskiy parnikovыy navidan ham foydalani-ladi.
    Qishki oynavand yoki isitiladigan plyonkali issiqxonalarda bargli salat qishki-bahorgi bodring va pomidor ekinlariga faqat zichlovchi ekin sifatida hamda qo‘shimcha maydonlarda (yashiklarda, koridor va yo‘laklarda) yetishtiriladi. Bargli salat zichlovchi ekin sifatida asosiy ekin ko‘chatini o‘tkazishdan 2-3 kun oldin eqiladi.
    Urug‘lar 4-6 qatorli lentalardagi tayyor egatlarning yon tomoniga eqiladi. Lentadagi egatchalar orasidagi masofa 5-10 sm, egatchalardagi o‘simliklar orasi – 5 sm yoki egatchalar orasi – 15-20 sm, o‘simliklar orasi esa 3-4 sm. Urug‘ni ekish me’yori 1-2 g/m2. Urug‘larni 1-1,5 sm chuqurlikka ekadilar, eqilgan zahoti tuproq yengil zichlanadi. Yanvar oyida eqilgan urug‘larni hosili 30-40 kundan so‘ng yig‘ib olishga tayyor bo‘ladi.
    Bargli salatni eqilgandan so‘ng 30-40 kun kun o‘tgach, 7-10 dona haqiqiy barglari paydo bo‘lganda yig‘ishtiradilar. Yig‘ishtirish bir marta yoki ikkiga bo‘lin-ib: birinchi marta qator oralab, sust rivojlanayotgan o‘simliklarni joyida qoldirib, ikkinchisida – barcha qolganlari yig‘ishtiriladi. O‘simliklar ildizi bilan sug‘urib olinadi, tuprog‘i yaxshilab silkitib tushiriladi va yashiklarga joylanadi. Zichlashtirib eqilgan salat hosildorligi 1 m2 dan 0,8-0,9 kg, mustaqil ekinlarniki – 2-2,5 kg.

    Download 16,04 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bargli ko‘kat ekinlarini yetishtirish texnologiyasi

    Download 16,04 Mb.