• CDMA standartida kanallarni kodlash.
  • O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi




    Download 0,8 Mb.
    bet8/24
    Sana21.03.2017
    Hajmi0,8 Mb.
    #726
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
    Ma’lumot uzatish tezligi, kbit/s

    MOS

    Baxosi

    РСМ

    64

    4.12

    ADPCM

    13

    3.78

    RPE-LTP (стандарт GSM)

    13

    3.58

    VSELP (стандарт D-AMPS)

    8

    3.44

    CELP (стандарт CDMA)

    4,8
    9,6

    3
    3,7

    QCELP (стандарт CDMA)

    13

    4.02


    CDMA standartida kanallarni kodlash. CDMA standartdagi CAT turli kodlash usullari ishlatiladi. 1.3 -rasmda to’g’ri kanalda kodlash sxemasi ( BS dan abonentga ) keltirilgan. Kanalda MU bazaviy tezligi 9,6 kbit/sni tashkil qiladi, bunda vokoder 8,55 kbit/s li oqimga qo’shimcha tuzatuvchi ikkilik simvollarni qo’shish bilan erishiladi.Qabul qilish tomonida xatoliklarni to’g’ridan-to’g’ri tuzatishni ( xabarni takroran uzatishsiz ) ishlatish uchun ortiqcha kodli kodlash ishlatiladi. Buning uchun bazaviy raqamli oqim 20 ms davomiylikdagi paketlarga bo’linadi va yarim tezlikli svertkali koderga beriladi. Uning chiqishidagi bitlar soni ikkiga ko’payadi. Keyin ma’lumotlar 20 ms vaqt intervalida o’rin almashtiriladi.

    O’rin almashtirishdan keyin raqamli oqim uzun kod va ,,inkor qiluvchi Yoki” ( ikki modul bo’yicha qo’shish ) mantiqiy operatsiyasi yordamida o’zgartiriladi. Uzun kodlar ( maksimal uzunlikdagi kodlar ) surish registri yoki berilgan uzunlikdagi kechiktirish elimenti yordamida olinadigan kodlar hisoblanadi. Surish registri asosida yig’ilgan generator yordamida olinishi mumkin bo’lgan ikkilik ketma-ketlikning maksimal uzunligi  ikkilik simvollariga teng bo’ladi, bu yerda n-surish registri razryadlari soni.



    1.3 -rasm. CDMA standarti to’g’ri kanalda kodlash.

    CDMA standarti apparaturasida uzun kod 42-razryadli surish registri generatsiyalanadigan psevdo tasodifiy ikkilik ketma-ketlikni va har bir abonent uchun individual aniqlanadigan ikkilik 32 bitli niqob bilan bir necha ketma-ket mantiqiy operatsiyalar natijasida shakllantiriladi. Bunday surish registri bu standartning barcha BS larida butun tarmoqni sinxronlashtirish rejimini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Axborot oqimi 19,2 kbit/s tezlikka ega bo’lganligi sababli to’g’ri kanalda faqat uzun kodning har 64-simvoli ishlatiladi.

    Xabarni navbatdagi o’zgartirish bosqichi Uolsh kodlari yordamida kodlash hisoblanadi. Uolsh matrisasining bir qatoriga BS va abonent orasidagi aloqa kanali mosligi qo’yiladi. Agar koderning chiqishida ,,0” bo’lsa, u xolda mos matrisa qatori ( Uolsh kodi ) yuboriladi, agar ,,1” bo’lsa, mos matrisa qatorining mantiqiy ayirmasi yo’li bilan shakllantirilgan ketma-ketligi yuboriladi. Bu axborotlar oqimining tezligini 19,2 kbit/s dan 1,2286 mbit/s gacha oshiradi. Mos ravishda signal spektri kengayadi.

    So’nggi bosqichda ikkilik oqimi kvadraturali fazaviy manipulyatsiyadan foydalanib (QPSK ) ikkilik oqimini keyingi uzatish uchun sinfaz va kvadraturali kanallarga ( I va Q kanallar ) bo’linadi. Aralashtirgichlarga raqamli oqimni berish uchun xar bir kanallarda u qisqa kod va ,, inkor qiluvchi Yoki ” operatsiyalar yordamida o’zgartiriladi. Qisqa kod 1,3288 Mbit/s tezlikda generatsiyalangan 32768 ikkilik simvollar uzunligidagi psevdo tasodifiy ikkilik ketma-ketliklardan iborat. Bu ketma-ketlik tarmoqdagi barcha BS lar va MU lar uchun umumiy hisoblanadi. Qisqa kod chiziqli teskari aloqali 15 razryadli surish registrida shakillantiriladi. Xar bir kanaldagi natijaviy ikkilik oqimi oxirgi impulsli xarakteristikali raqamli filtrdan o’tadi, bu nurlantiriladigan signalning polosasini cheklashga imkon beradi.Filtrning kesish chastotasi 615 kGs ni tashkil qiladi. Olingan analog signallar I/Q modulyatorning mos kirishlariga beriladi. Qator ahborot signallari I va Q kanallarni qo’shilishi orqali tashkil qilinadi.

    Binobarin,barcha foydalanuvchilar birlashtirilgan signalni oladi,u holda ahborotlarni ajratish uchun pilot kanal bo’yicha tayanch signalini uzatish zarur. Pilot kanalda Uolsh kodi nolli ahborot signali uzatiladi,bu kanal uchun u Uolsh matritsasi nolinchi qatoridan shakllantiriladi. Boshqacha aytganda,pilot kanalda faqat qisqa kod uzatiladi. Odatda,unda umumiy quvvatning 20 foizi nurlantiriladi. Tayanch signali keyingi fazaviy modulyatsiya uchun zarur bo’ladi. Qisqa kod har bir yacheykada o’sha bir Uolsh kodlari turkumini ko’p marta ishlatilishi imkoniyatini beradi.





    Download 0,8 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




    Download 0,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi

    Download 0,8 Mb.