• Ma’muriy, ishchi, yordamchi xonalar, kutubxona.
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

    Kino va leksiya zali. 
    Kino va leksiya zali tarkibidagi xonalar bloki quyidagilardan iborat: kino va 
    leksiya zali, estrada va uning qoshidagi xona, kinoapparatlar xonasi, kinozal 
    qoshidagi foye (u vestibyul bilan birlashtirilishi mumkin). Ekspozitsiyaning ish 
    rejimidan mustaqil ravishda foydalanish maqsadida kino va leksiyalar zalini 
    vestibyulga yaqin qilib joylashtirish lozim. Kino va leksiyalar zali tematik 
    kinofilmlar namoyishi, seminarlar va maktab o‘quvchilari hamda katta yoshdagilar 
    uchun konferensiyalar o‘tkazish uchun xizmat qiladi.


    253 
    Zalda, kinoproeksiya qurilmalaridan tashqari, eksponatlarni namoyish qilish 
    uchun kichikroq sahna, doska va kartinalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalarni osish 
    uchun moslama, diapozitiv va videofilmlarni namoyish qilish uchun sharoitlar 
    yaratilgan bo‘lishi zarur. 
    Ma’muriy, ishchi, yordamchi xonalar, kutubxona. 
    Bu xonalar guruhi doimiy ekspozitsiya zonasidan alohida joylashtirilishi va 
    alohida xizmat kirish eshigi va vestibyulga ega bo‘lishi lozim. 
    To‘garaklar va studiya xonalari turli mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun 
    mo‘ljallangan bo‘lib, ularda turli guruhlar ishlashi uchun tezkor o‘zgartishlarni 
    bajarish imkoniyatlari ko‘zda tutilishi lozim. Muzey to‘garaklari va studiyalarining 
    ishi muzey fondlari materiallari va muzey laboratoriyalari texnologiyalarini 
    o‘rganishga asoslangan. Bu holat to‘garak xonalari aynan muzey fondlari va 
    laboratoriyalari yonida joylashishini shartlamaydi, aksincha, bu xonalarda odamlar 
    ko‘p yig‘ilishi, shu sababdan shovqin darajasi ortgani sababli, ularni imkon qadar 
    alohida joylashtirish lozim. 
    Ishchi xonalar – bu muzey ma’muriyati va xodimlar uchun ajratilgan kabinet 
    va xonalar bo‘lib, ular, aksariyat hollarda, bosh va xizmat kirish eshiklari yonida 
    joylashtiriladi. Ilmiy xodimlarning ishchi xonalari bir joyda jamlanishi yoki asosiy 
    ish olib borilayotgan bo‘limlar yoniga joylashtirilishi mumkin. 
    Muzeyning ilmiy kutubxonasida nafaqat joriy ilmiy adabiyotlar, balki 
    kolletsiyalar tarkibiga kiruvchi nodir nashrlar ham saqlanadi. Kutubxona, asosan, 
    muzey xodimlariga xizmat ko‘rsatadi. Ilmiy ishlarni yuritish uchun kutubxona 
    yonida maxsus xonalar ajratiladi. Ilmiy ishlar uchun mo‘ljallangan xonalar 
    maydoni bitta ilmiy xodim uchun 4,5 m
    2
    va bo‘lim yoki sektor rahbari uchun 9 m
    2
    qilib qabul qilinadi. 
    Kutubxona o‘z fondlarini muzey spetsifikasiga muvofiq shakllantiradi, muzey 
    xodimlari va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Aytish lozimki, zamonaviy 
    muzeylardagi ilmiy kutubxonalarning funksiyalari quyidagi ikki parametr: 


    254 
    - axborot saqlashning zamonaviy vositalari ilmiy kutubxonada kompyuter 
    zallari bo‘lishini, jumladan Internet tarmog‘idan erkin foydalanish 
    imkoniyatlari mavjudligi; 
    - ilmiy kutubxona o‘zining alohida qismlarida tashrif buyuruvchilar 
    foydalanilishiga ham mo‘ljallanganligihisobiga sezilarli darajada kengaygan. 

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish