Impuls davomiyligi modulyatsiyasi (IDM), bunda
uzatilayotgan xabarga mos
ravishda impulslar (kengligi) davomiyligi o‘zgaradi. Impulslar davomiyligi
modulyatsiyalanganda impulslar kengligi quyidagicha o‘zgaradi: bunda, –
impulsning bir tomonga maksimal kengayishi.
Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar
ketma-ketliklari vaqt
diagrammalari
IDM ikki turli bo‘lishi mumkin:
a)
impulsning takt chizig‘iga nisbatan faqat bir tomonga – orqa tomonga ga
uzatilayotgan xabar signali amplitudasiga
mos ravishda kengayishi;
b)
impulsning takt chizig‘iga nisbatan har ikki tomonga uzatliyotgan xabar
amplitudasiga mos ravishda ga kengayishi (old va
orqa frontning bir hilda
surilishi);
Impulslar fazasi modulyatsiyasi (IFM), bunda uzatilayotgan xabarga mos
ravishda impulslarning holati takt chizig‘iga nisbatan chapga yoki o‘ngga siljiydi.
Impulslar fazasi modulyatsiyalanganda uning fazasi takt chizig‘iga
nisbatan oldiga
yoki orqaga
siljiydi, ya’ni
Impulslar chastotasi modulyatsiyasi (IChM), bunda
impulslar takrorlanish
chastotasi modulyatsiyalovchi xabar amplitudasiga mos ravishdaga o‘zgaradi.
Impulslar chastotasi modulyatsiyalanganda ularning takrorlanish chastotasi
xabarga mos ravishda kattalashadi va kichiklashadi.
IFM va IChM signallarni umumlashtirgan holda vaqt bo‘yicha modulyatsiyalangan
impuls – impuls vaqt modulyatsiyasi (IVM) deb ataladi.