|
Topshirdi: Mamajonov Muhammad Amin (28-22 guruh talabasi) Tekshirdi: Qurbonov Sulton
|
bet | 3/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 184,11 Kb. | | #241252 |
Bog'liq BOSMA REKLAMALAR Reklama e’lonlari, maqolalar, intervyu, axborot, kitob sharxi, annotatsiya, taqrizlar, ba’zi kitobxonlar guruhiga tayyorlangan adabiyotlar ro‘yxati, bibliografik qo‘llanmalar, badiiy asarlardan biror lavhalar va boshqalar matbuot reklamasi ni tashkil etadi. Bunday reklamalar mavhumlikdan xoli bo‘lib, aniq fikr, narsa va mahsulotlar, xizmat usullarini targ‘ib etishi lozim. Televidenie relamasi Reportajlar, slayd va kliplar, reklama roliklari, muallif va mutaxassislar bilan uchrashuvlar televideniedagi reklamalarni tashkil etadi. Bu reklama turi xalq uchun juda qulay va ommalashgandir. Badiiy asar asosida tayyorlangan badiiy filmlar, televizion spektakllar, serial filmlaridan oldin efirga uzatiladigan uchrashuvlar, asar yozilishi yoki yaratilishiga doir tarixiy materiallarning berilishi, aktyorlar va taniqli kishilar bilan suhbatlar bunga misol bo‘ladi. Televidenie reklamasida aktyorlarning, suhandonlarning ishtirok etishi televidenie reklamasini yanada boyitadi. Radio reklamasi Badiiy kompozitsiyali eshittirishlar, muloqotlar, turli mazmundagi e’lonlar, xabarlar, mutaxassis, yozuvchi-shoir, aktyor, davlat arboblari bilan uchrashuvlar radio reklamasi hisoblanadi. “Savol-javob” asosida tayyorlangan eshittirishlardan keng xalq ommasi unumli foydalanadi. Transportda reklama Shaharning barcha transport turlaridagi, havo,suv transporti, temir yo‘l transportida tashkil etilgan reklamalar transport reklamasining tashkil etadi. Transportda reklamalar plakatlar, varaqalar, haydovchining e’lonlari orqali amalga oshiriladi. Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, zamonaviy reklama eng samarali turi Internet reklama va bosmaxona hisoblanadi. Ushbu ikki turdagi birgalikda foydalanilganda iste'molchi ko'proq ma'lumot olishi va ta'sir darajasi kuchliroq bo'lishi muhimdir. Eng samarali reklama uchun taklif qilish: 2 ta mashhur yondashuv Iste'molchilarning xulq-atvorini aniqlaydigan ikkita mashhur marketing formulalari mavjud.
|
| |