68
19-rasm.
3.
To‘siq qo‘yuvchilar to‘pning zarba berish yo‘nalishi va trayektoriyasini
aniqlagach, o‘z nigohlarini to‘pdan hujumchiga o‘tkazishlari lozim. Bu hujum
joyini aniqroq belgilashga va sakrash holatiga o‘z vaqtida o‘tishlariga,
shuningdek, hujumchi zarbasi yo‘nalishini topish va to‘r ustida samaraliroq
qarshi harakat qilish imkonini beradi. To‘siq qo‘yuvchi to‘rga yaqin
uzatishdagina to‘pga diqqat bilan qarab turishi lozim. Shuningdek, to‘p to‘siq
qo‘yuvchilar tomonga uchib o‘tgan holatda esa unga qarshi hujumni tashkil
etish lozim. Raqibning harakatlarini tashqi kuzatish yordamida nazorat qilish
mumkin.
4.
Qo‘llarning, ayniqsa, barmoqlarning harakati, to‘pga to‘g‘ridanto‘g‘ri ta’sir
etib, ko‘pincha to‘siq qo‘yishning samaradorligini oshiradi. To‘siq, shu tariqa,
qarshi hujumga aylanadi.
5.
To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar qo‘llar yuqorida to‘g‘rilangan holatda pastga
tushishi maqsadga muvofiqdir. Qo‘llarning ertaroq tushirilishining xatosi
to‘pning bosh ustidan o‘tib ketishiga olib keladi.
To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchining yengilgina o‘ljasi qo‘ldan chiqadi.