59
o‘yinchining himoya harakatlari turlarini chegaralab qo‘yish hisobidan to‘pni
samarali yetkazib berilishini jiddiy pasaytiradi. Buning ustiga bu himoyachiga
ancha zarar yetkazadi, platformani “gavda bilan olib yurish” imkoniyatidan
mahrum etadi, ba’zida qadam qo‘yish va sirpanish o‘rniga oyoqlar ostiga qorin
bilan yiqilishga o‘rganib qoladi.
Yana bir bora himoyada to‘pni qabul qilish usullarini bajarishning boshlanishi
bir xil, to‘pni qaytarish usullarining har biri esa ushbu boshlanishni
rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tamiz. Bu ularning bir
harakatda maqsadga muvofiq qo‘llanilishini sezilarli yengillashtiradi:
harakatning boshlanishi standart holda, to‘p ustida platforma bo‘lishi start
harakatlarini maqsadga muvofiq rivojlantirish jarayonida bajariladi – uni olib
o‘tish usuli himoyachining yonidan uchib o‘tayotgan to‘pgacha bo‘lgan masofa
bilan aniqlanadi. Shu tarzda, barcha bayon etilgan o‘yin usullari (ko‘krak bilan
yiqilishdan tashqari) ushbu holda himoyada to‘pni qaytarish usullarining
yagona majmuasiga organik ravishda birlashadi va himoyalanuvchi
o‘yinchilarning vazifasini yengillashtiradi, ularga qadam qo‘yish, egilish,
boldirda sirpanish, yonga yiqilish, umbaloq oshib tashlanish kiradi.