namunaga muvofiqlik yoki ishlab chiqarish aniqligi iste'molchi
talablariga javob berishi juda muhimdir.
Har bir ishlab chiqarilgan mahsulotga uning bir turini
ikkinchi turdan ajratish imkonini beradigan ma'lum xususiyatlar
yig indisi berilgan. Xususiyat - mahsulotning ishlab chiqarish,
ekspluatatsiyasi yoki ishlatishida namoyon b o lad ig an ob'ektiv
o'ziga xos jihatidir. Xususiyatar mahsulotga ob'ektiv xos bo'ladi,
va u yoki
bu usul bilan ishlab chiqarish, ekspluatatsiyasi yoki
ishlatishida namoyon bo'ladi, va sifat yoki miqdoriy jihatdan
ifodalanishi mumkin. Kiyim-kechakning material sistema sifatida
xarakteristikasi tamoyilidan kelib chiqqan holda, kiyim-kechak
xususiyatlarini
fizikaviy, kimyoviy, mexanik va geometrik
belgilar bo'yicha guruhlash mumkin.
Kiyim-kechak sifati haqida uning xususiyatlari va unga
qo'yiladigan talablarga muvofiqligi bo'yicha xulosa qilinadi.
Talablar - kiyim-kechakning qanday xususiyatlari va ularning
belgilariga joriy vaqtda afzallik berilishi haqidagi o'ziga xos
axborotdir. Kiyim-kechakka bo igan talablar juda ko'p va xilma-
xildir. Ulardan asosiylari bo'lib iste'mol (iste’molchi talablari) va
ishlab chiqarish (sanoat talablari)
jarayoni bilan shartlangan
talablar hisoblanadi.
Iste’molchilik talablari kiyim-kechak va odam orasidagi
o'zaro munosabat, aloqa bilan ifodalansa, sanoat talablari kiyim-
kechakning mehnat qurollari va ish kuchi orasidagi munosabat
bilan belgilanadi.
Eng yaxshi mahsulot, shu jumladan kiyim-
kechak ham ishlab chiqarish, aylanishi va ist’emoli jarayonida bir
nechta turli shakllarda mavjud bo'ladi: marketing ob’ekti;
prognoz qo'yish va ishlanma ob’ekti (tadqiqot qilish, loyihalash,
tajribaviy namunalarni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish);
ishlab chiqarishda mehnat ob'ekti (predmeti) moddiylashtirilishi
(yarim tayyor mahsulot); ishlab chiqarishda
tugatilgan mehnat
mahsuloti (tayyor mahsulot); tovar; iste'mol predmeti.
Shunday qilib, sifat - bu mahsulotning murakkab kompleks
xarakteristikasidir. Sifatni aniqlash - bu uni miqdoriy jihatdan
o'lchash va baholash demakdir. Uning baholanishi uchun
99
kvalimetriyaning asosiy nazariy tamoyillariga asoslanadigan
kompleks miqdoriy metodlar eng maqbul bo'ladi.
Kvalim etriya (lot. ualis - sifat ko'rsatkichi, metreo - o'lchov)
mahsulot sifatini o'lchash va miqdoriy baholashning ilmiy
asoslangan
metodologiyasini
ishlab
chiqish
bilag
shug'ullanadigan fandir.
K valim etriyaning asosiy qoidalari:
sifat - turli xususiyatlarning
yagona dinamik birikmasi;
ierarxik strukturani yaratadigan sistema (xususiyatlar daraxti);