Universal o‘nlik klassifikasiyaning zamonaviy
nashrlarining asosiy qatori
0
Umumiy bo£lim
1
Falsafa
2
D in
3
Ijtimoiy fanlar
4
Bo£lim 1972-yilda X H F (Xalqaro Hujjatlar Federatsiyasi)
qaroriga muvofiq bo'shatilgan va uning tarkibi 8-bo£limga
o‘tkazilgan
5
Matematika. Tabiiy fanlar
6
Amaliy fanlar
7
San’at. Sport
8
Tilshunoslik. Adabiyotshunoslik. Badiiy adabiyot
9
Tarix. Geografiya
Universal o£nlik klassifikatsiya anchagina mufassallashtiril-
gan rubrikalarning ayrim nomlariga aniqlik kiritgan, biroq asosiy
o‘zgartirishlar klassifikatsiya strukturasiga taalluqlidir. XBI aniq-
lagichlar umumiy va analitik ajratkichlarning butun bir sistema-
sini ishlab chiqqan. Jadvalda Universal o‘nlik klassifikatsiyaning
eng ko‘p qo‘llaniladigan tanitish belgilari bo£lgan
umumiy aniq-
lagichlari ko'rsatilgan. Universal o‘nlik klassifikatsiya tashkil top-
gan vaqtdayoq ko‘p aspektli klassifikatsiya harakatlarini kasb etdi
va butun dunyoda klassifikatsiyalash nazariyasi va praktikasining
rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Universal o£nlik klassifikatsiya dunyoning ko‘p malakatlaridagi
kutubxonalarda, bibliografik va axborot muassasalarida, nashri-
yotlarda qo‘llaniladi. X H F Universal o‘nlik klassifikatsiyani fan
ning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga yaqinlashtirish, shuningdek
uni izlovchilik sifatlarini oshirish maqsadida unga o‘zgartirish va
qo£shimchalar kiritadi. X H F «4 Tilshunoslik»
bo‘lim ini «8
Adabi-
yotshunoslik. Badiiy adabiyot» bo£limiga o£tkazib uni bo£shatdi.
Shu tufayli filologiya fanlarining kompleksini birlashtirishga eri-
shildi, bo£shagan joy tabiatshunoslik va texnikaning yangi rivojla-
nayotgan sohalari uchun ajratib qo£yildi.
110
Universal o‘nlik klassifikatsiya
axborot manbalarni va huj-
jatlarni klassifikatsiya qilishda xalqaro klassifikatsiya hisoblanadi.
Bu sistema fan va texnikaning barcha bo‘limlarini aks ettirishda
universal xalqaro sistemadir. Unga fan va texnika erishayotgan
barcha yangiliklarni jadval strukturasida jiddiy o'zgarishlarsiz
doimo toldirib, kiritib boradi. Bo‘limlarning o‘zaro
aloqasini
aks ettirish ham boshqa klassifikatsiyaga qaraganda bir qator yu-
tuqlarga ega. B olim larni aks ettrish uchun faqatgina arab raqam-
laridan foydalaniladi. Ular barcha xalqlar uchun tilidan, qanday
alfavitdan foydalanishlaridan qat’i nazar barcha uchun tushu-
narlidir. Bu Universal 0 ‘nlik
klassifikatsiyani xalqaro, barcha
xalqlar uchun foydalanish m um kin bo‘lgan sistemaga aylantirdi.
Ilk Universal o‘nlik klassifikatsiya jadvali 1905-yil Bryusselda,
fransuz tilida nashr etilgan. 1927—1933-yillarda 2-qayta nashri
fransuz tilida. 3-xalqaro nashri nemis
tilida norma va standartlar
nashriyoti tomonidan 1934—1953 yillarda nashr etilgan. 4-xalqaro
nashri ingliz tilida, 5-nashri fransuz tilida, 6-nashri yapon tilida,
7-nashri ispan tilida, 1958-yilda 8-nashri nemis tilida nashr etilgan.
Universal o'nlik klassifikatsiyani
rivojlantirish bilan X H F
(Xalqaro Hujjatlar Federatsiyasi) shug‘ullangan. 1950-yildan
bugunga qadar X H F Fan va texni
ka tarkibini hisobga olgan holda
Universal
o£nlik
klassifikatsiyaga
o‘zgartirishlar kiritib boradi. X H F
tomonidan maxsus nashrlar chiqa-
riladi: «DP-Notes» va «Р-Notes»
(Проекты предложений) «Takliflar
loyihasi» va «Takliflar». Bu nashlar-
da turli mamlakatlardan UO‘K jad-
valiga
tashkilotlar tomonidan, olim
va mutaxasssislar tomonidan in-
dekslarga kiritilishi mumkin bo‘lgan
o‘zgartirishlar, to‘ldirishlar haqidagi
taklif va mulohazalar chop etiladi.