• Toiiq indeks
  • с) shifr indeks To‘liq indeks




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    92


    с) shifr indeks
    To‘liq indeks 
    kitobni boshqa bo‘limlar bilan boglanishini 
    (shartli belgilar ishorasi orqali) ko'rsatadi. Agar resurs bir necha 
    bo‘limda yoritiladigan bo‘lsa, uning to‘liq indeksi (+) ishorasi bi­
    lan birlashtirilgan ana shu barcha boclinmalarning indekslarini 
    o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Birinchi o‘rinda resursning asosiy maz- 
    munini yoritadigan va resursning tokchadagi o‘rniga muvofiq 
    keladigan indeks qo‘yiladi, qolgan indekslar ularning son qiy- 
    matiga mos izchillikda joylashtiriladi.
    Bu indeksda birinchi o‘rinda indeksning o‘zi 1-to‘liq tavsif 
    kartochkani katalog indeksida ham yoziladi. Kataloglarda boshqa 
    qo‘shish (+) bilan yozilgan indekslar qo‘shimcha bo‘limlarda 
    qo'shimcha kartochkalar yordamida yoritiladi. Bu esa qo‘shimcha 
    kartochkadagi tavsifga to'la muvofiq keladi. Bu yerda qo'shimcha 
    tavsif va qo‘shimcha kartochkani farqlash kerak. Qo‘shimcha 
    tavsif alfavit katalogida qo‘shimcha muallifga, sarlavhaga va ho- 
    kazolarga tuziladi. Qo‘shimcha kartochka esa sistemali katalogda 
    qo‘llaniladi. Qo‘shimcha kartochkada tavsif o‘zgarmasdan faqat 
    katalog indeksi o‘zgaradi va indeks kartochkaning sistemali kata- 
    logdagi o‘rnini belgilaydi.
    Toiiq indeks 
    m a’lumot xarakteriga ega bo‘lib, undan muay- 
    yan resursning tavsifi yozilgan barcha kartochkalarni topish 
    lozim bo‘lgan hollarda (masalan tuzatish, kiritish yoki ular­
    ni keyinroq bosilib chiqqan resurs tavsifi bilan almashtirish 
    uchun) foydalaniladi. Shu sababli to ‘liq indeks faqat asosiy kar­
    tochkani o‘ng tomondagi pastki burchakda shuningdek, alfa­
    vit katalogi asosiy kartochkasining old tom onida ko‘rsatiladi. 
    To‘liq indeks resursning o‘zida ko‘rsatilishi shart emas, lekin 
    ba’zi bir kutubxonalarda to ‘liq indeks titul varag‘ining orqasida 
    qayd etiladi.
    Kartochkaning pastdan uch satr tagiga to‘liq indeksni yozish 
    tavsiya etilmaydi, sababi u kitobxonga yaqqol ko‘rinadigan joyda 
    bo‘lishi lozim. Agar bibliografik yozuv kartochkada bir necha 
    satrni tashkil qilsa, 
    to‘liq
    indeksni odatdagidan ko‘ra yuqoriroqqa 
    yozish mumkin. Ammo bibliografik yozuvning so‘nggi satri bilan 
    to‘liq indeks orasida bir satrga teng ochiq joy qolishi kerak. Ka-
    93


    talog kartochkalarini qo‘shimcha kartochkalarga qo‘lda rasmiy- 
    lashtirayotganda to‘liq indeks qo'yilmaydi. Ammo kartochkalar 
    nusxasini ko'paytirish zarur bo‘lib qolganda esa barcha yo‘llar 
    bilan alfavit va sistemali kataloglar uchun hamma kartochkalarda 
    to‘liq indeksni saqlab qolish maqsadga muvofiqdir.
    Resursni katalogda aks ettirish haqidagi qarori resursning 
    to‘liq indeksida ifodalanadi, shuning uchun to‘liq namunaviy 
    bo‘linishlarni qo‘llanishiga ham e’tibor berish kerak. Resursning 
    mazmuniga mos keladigan namunaviy bo‘linish tartib bo‘yicha 
    birinchi indeksda yoziladi. Shu tufayli indekslash jarayoni to‘liq 
    indeks yozishdan boshlanadi, keyingi indeks katalog indeksi 
    bo‘lib hisoblanadi.

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish