• 2. Qurilmalaringizdagi dasturiy va apparat ta’minotini o’z vaqtida yangilab turing
  • -mavzu: Zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish(masalan




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/19
    Sana26.12.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #128368
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    6-mavzu: Zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish(masalan, 
    Malwarebytes miisolida) 
    1. Antivirus dasturidan foydalanish 
    Barcha foydalanadigan qurilmalaringizda doimo ishonchli antivirus dasturi o’rnatilgan 
    bo’lishi kerak. Bu sizning viruslar va boshqa zararli dasturlardan asosiy himoyangizdir. 
    Yangi tahdidlardan xabardor bo’lish uchun antivirus dasturini muntazam yangilab 
    turing. 
    Antivirus dasturi butun qurilmangizni zararli dasturlar mavjudligini tekshirish 
    imkonini beradi. Zararli dasturlarni erta aniqlash va uning tarqalishining oldini olish 
    uchun qurilmalaringizni muntazam ravishda skanerlashni odat qiling. Agar siz 
    Internetdan biror fayl yuklab olsangiz, ochishdan oldin uni antivirus bilan tekshiring. 
    Windows tizimi Microsoft Defender deb nomlangan o’z ichki bepul va ishonchli 
    antivirus dasturiga ega. Microsoft Defender dasturini sozlamalarini to’g’ri sozlash 
    orqali qurilmangizni yanada yaxshiroq himoyalashingiz mumkin. 


    2. Qurilmalaringizdagi dasturiy va apparat ta’minotini o’z vaqtida yangilab turing 
    Zararli dastur dasturiy ta’minotdagi zaifliklarni topadi va ular orqali qurilmalaringizga 
    zararlantiradi. Xakerlar va jinoyatchilar doimo ana shunday zaifliklar ortidan 
    izlanishdalar. Dasturiy ta’minot yaratuvchi tashkilotlar bu zaifliklarni yangilanishlar 
    bilan birga chiqarilgan xavfsizlik tuzatishlari bilan bartaraf etadi. Shu boisdan, 
    yangilanishlar o’z vaqtida o’rnatish juda muhim. 
    Qanday turdagi qurilmadan foydalanishingizdan qat’iy nazar, uning operatsion tizimi 
    eng so’nggi versiyasiga yangilanganligiga amin bo’ling. Yaxshisi, operatsion tizim va 
    antivirus dasturini avtomatik ravishda yangilanadigan qilib sozlaganingiz ma’qul. 
    Qurilmalaringizdagi qolgan dasturlarni tez-tez va muntazam ravishda yangilab turing. 
    Agar so’nggi olti oy ichida mobil telefoningizning operatsion tizimi uchun hech 
    qanday yangilanishlar olmagan bo’lsangiz, smartfoningiz eski model bo’lishi va ishlab 
    chiqaruvchi uni qo’llab-quvvatlashni to’xtatgan bo’lishi ehtimoli mavjud. Bunday 
    holda, telefonni muhim xavfsizlik yangilanishlarini oluvchi yangiroq modelga 
    almashtirganingiz ma’qul. 

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish(masalan

    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish