• TMS-1 turkumidagi transportyorlar
  • Aylanma traektoriyali oqimlar




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/99
    Sana15.12.2023
    Hajmi2,84 Mb.
    #119937
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Majmua

    Aylanma traektoriyali oqimlar 
    Ushbu oqimlar kichik seriyali buyumlarni, xar xil ishlov berish ketma-ketligiga ega bo‘lgan turli 
    xildagi modellarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Yarimfabrikatlarning aylanma traektoriya bo‘ylab 
    xarakati xisobiga bir buyumni ishchiga bir necha bor qaytib kelishi mumkinligi sababli ish
    o‘rinlari bunday xolda texnologik jarayonga kat`iy amal qilmagan xolda joylashishi mumkin, oqim 
    operatsiyalari esa xar xil detallar texnologik operatsiyalaridan tashkil topadi, biroq ular ixtisosligi, 
    razryadi va jixozlari bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Bu bilan uskunalardan va ishchilarning yakka ishlab 
    chikarishidan yuqori darajada unumli foydalaniladi. 
    Ba`zi bir ish o‘rinlarida ish to‘xtab qolganida bu ish o‘rinlaridagi operatsiyalarni ish bilan band 
    bo‘lmagan boshqa ish o‘rinlariga utkazish mumkin. 
    Ishlab chiqarish oqimida qo‘llaniladigan transport vositalari orasida TMS-1, TMS-2, KPDO-1, xar 
    xil modifikatsiyadagi zanjirli osma transportyorlarni va shunga o‘xshash xorijiy vositalarni keltirish 
    mumkin. 
    TMS-1 turkumidagi transportyorlar (Shvetsiyaning «Varion» transportyorlarining o‘xshashi) 
    o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishda xarakatlanuvchi, ikkita vertikal berk transportyor tasmali 
    qurilmadir. Transportyor tasmalarning yuqorigi yuk ko‘taruvchi shoxchalari burish disklarga 
    biriktirilgan bo‘lib, qutichani beto‘xtov ish o‘rniga etkazib turadi. Burish diskining aylanish 
    tezligi, transportyor tasmalarning chiziqli xarakat tezligiga moslashgan.(15-rasm). Transportyorning 
    tasmasi 2 ta bo‘lib, ularning ostki shaxobchasi salt yuradi. Yarimfabrikat oqimga tushirish joyida 
    qutichalarga joylanib, transportyor tasmasiga ko‘yiladi. Bu qutichalar transportyor tasmasining 
    oxiriga etganda burish diski ularni qarama-qarshi tomonga xarakatlanayotgan 2-tasmaga o‘tkazib 
    ko‘yadi. 2-tasmaning oxirida xam burish diski qutichalarni 2-tasmadan birinchi tasmaga utkazib 
    kuyadi. 
    15 -rasm. TMS-1 transportyori 
    TMS-1 o‘rnatilgan oqimlarda 18-50 ta ish o‘rni bo‘lib, agregat uzunligi 25-30 m ni tashkil etadi.
    Tasma kengligi 260-280 mm, tasmaning xarakat tezligi 6-8 m/min. 
    TMS-2 transportyorlarining (16-rasm) TMS-1 transportyorlaridan farki shundaki, unda fakat bitta 
    vertikal – berk tasma bo‘lib, uning ikkala shaxobchasi xam salt yurmaydi. Yukari shoxobcha
    bo‘ylab qutichalar ish o‘rinlariga uzatiladi, pastkisidan qaytadi. Qutichalarni yuqoridagi 
    shoxobchadan pastkisiga gildirakli tushirgich, transportyorning pastkisidan yuqorisiga esa spiralli 


    28 
    ariqcha bo‘ylab itargich yordamida uzatiladi. Ushbu transportyorni tezligi, tasmalar parametrlari va 
    agregatlarning uzungili TMS-1 transportyoriga o‘xshash.
    16 -rasm. TMS-2 transportyori 
    TMS-1, TMS-2, trasportyorlarda maxsulotni tashuvchi qismi qutichadir. Qutichalarga detallarni 
    o‘lchamlariga va oqimga tushiriladigan maxsulotga qarab bittadan bir nechtagacha buyum solinadi. 
    Oqimga tushirilayotgan detallar solingan qutichalar ma`lum manzilga jo‘natiladi. Buning uchun 
    xar bir qutichani yon tomoniga 55\90 mm o‘lchamli maxsus cho‘ntakka oqimdagi operatsiya 
    raqami yozilgan kartochkalar qo‘yiladi. Kartochkalar shunday taxlanadiki, bunda qutichalarning 
    oqimdagi xarakati operatsiyalar bo‘yicha buyumlarni tayyorlash ketma-ketligiga mos kelishi 
    kerak. 
    Ishchilar transportyorda o‘zlariga ajratilgan ish joylari zonasida yuborilgan qutichalarni oladilar va 
    ularni qiya yuzaga ko‘yadilar. Operatsiyalar bajarilgandan keyin buyum detallari qutichaga qaytarib 
    solinadi, operatsiyaning raqami yozilgan kartochka olinadi va shundan so‘ng keyingi bajariladigan 
    operatsiyani raqami ochiladi, so‘ngra qutichani transportyorga qaytarib qo‘yiladi. 
    Ko‘pgina xorijiy firmalar kartochkalar o‘rniga ish o‘rniga avtomatik ravishda qutichalarni itarib 
    beruvchi moslamalardan foydalanadi. Buning uchun ishchining oldidagi qiya yuza yonida maxsus 
    tugmacha o‘rnatiladi, agar unda quticha bor bo‘lsa, ishchida ish borligi xaqida tizimga signal 
    beradi. Agar tugmacha bosilmagan bo‘lsa, quticha keyingi ishchiga o‘tkaziladi, ya`ni yo‘naltirilgan 
    quticha shu ishchi oldiga kelganda qiya yuzaga itariladi. Bu ishchini qutichani nazarot qilishdan 
    xalos etadi.
    Keltirib utilgan transportyorlar dispetcher operatsiya-operatsiya (DOO) tartibda ishlaydilar. Biroq 
    ish vaqtidan, yuqori unumli asbob-uskunalardan va ishchilarning shaxsiy ish unumdorligidan 
    to‘liq foydalanish uchun DOD, ya`ni dispetcher-operator dispetcher rejimi kullaniladi. Bu rejimda
    KPDO-1 transporterlari va ularga uxshash bo‘lgan xorijiy transportyorlar ishlatiladi. 
    KPDO-1 transportyorlari yogoch yoki metall qutichalardan iborat bo‘lib, uning ichida arqon tros 
    yordamida 6m\min tezlikda xarakatlanuvchi mexnat predmetlari joylashtirilgan kuticha 
    xarakatlanadi. Kutichani kengligi 0,4 m uzunligi 0,8 m (17-rasm). Ish uzatuvchining ish o‘rni 
    oldida boshqaruv pulti (kompyuterlarni oxirgi modeli), ya`ni signalizatsiya o‘rnatilgan va ish 
    o‘rnilarining raqami ko‘rsatilgan tugmacha o‘rnatigan taxtacha bo‘lib, uning yordamida qutichani 
    ish o‘rniga yuboriladi va boshqaruv pultiga qaytariladi. Shuningdek ish o‘rinlarida ishlov berish 
    uchun kerakli detallarni yuborish yoki qutichani chaqirib olish va ish uzatuvchiga ishlov berilgan 
    detallarni yuborish uchun siginalizatsiya mavjud. 
     
    17 -rasm.KPDO -1 transportyori 
    Ish kuyidagicha tashkillashtiriladi: ish uzatuvchining grafigiga muvofik kutichaga detallar boglami 
    solinadi va shu detallarga ishlov beradigan ish urniga tegishli rakam bosiladi. Kuticha kerakl ish 
    urniga kelib tuxtaydi. 
    Ishchi bog‘lamni oladi va tugmani bosib kutichani ish uzatuvchiga kayta junatadi, u kutichaga 
    boshka detallar boglamini solib ularni boshka ish urniga junatadi. Detallarga ishlov berish tugagach 


    29 
    oxirgi operatsiyani bajaruvchi ishchi kutichani chakiradi va unga ishlov berilgan detallarni joylaydi, 
    sungra ish uzatuvchiga junatadi. 
    KPDO-1 transporteri DOD tartibini bajarishda eng oddiy moslama xisoblanadi. 18-rasmda «Djuki» 
    firmasining yanada murakkabrok transoprter kursatilgan. 
    Nazorat va muxokama savollari. 
    1. Tikuv korxonalirining oqim turlari va ularning tavsifi. 
    2. Texnologik jarayon goafini tuzish. 
    3. Moslanuvchan ishlab chiqarish oqimlarining tavsifi. 
    4. Kiyim tayyorlashda ishlab chiqarishni tashkil qilish. 
    5. Kichik seriyali oqimlar va ularning tavsifi. 

    Download 2,84 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish