• Laboratoriya uchun kerakli jihozlar
  • Svernutь
  • Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari




    Download 11,64 Mb.
    bet8/17
    Sana20.05.2024
    Hajmi11,64 Mb.
    #245507
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    14-Laboratoriya ishi

    4-LABORATORIYA ISHI
    MAVZU. xujjatlarni tayyorlash va ularni taxrirlash texnologiyasi.


    Ishning maqsadi: Talabalarni matn tahrirlash dasturlarining keng imkoniyatlari bilan tanishtirish. MS Word dasturida murrakab hujjatlar yaratish, bezash, formulalar bilan ishlash kabi vazifalarni mustaqil bajarishni o‘rgatish.
    Laboratoriya uchun kerakli jihozlar: Darsliklar, Kompyuter, MS Word dasturi, Mavzuga oid PowerPoint taqdimoti va internet sayt materiallari.
    Ishni o’tkazish tartibi:
    MS Word 2000 matn muharririni ishga tushirish uchun ish stolidagi uning yorligini, ya’ni quyidagi rasmni toping va ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmachasini ikki marta tezlikda bosing.
    Agar bu rasmni ish stolidan topa olmasangiz, ekranning quyi qismida joylashgan satr (Masalalar paneli)dagi «Pusk» menyusi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib chap tugmachasini bir marta bosing. Natijada quyidagi oyna namoyon bo‘ladi:

    Ochilgan menyudan «Programmы» qismini, so‘ngra o‘ng tomonda hosil bo‘lgan ro‘yxatdan MS Word qatorini tanlang va sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Bu amallarni bajargandan so‘ng MS Word 2000 matn muharriri ishga tushadi va quyidagi MS Word interfeysi oynasi paydo bo‘ladi
    Oynaning eng yuqorisida sarlavha satri joylashgan. SHu qatorning o‘ng tomonida, burchakda uchta boshqaruv piktogrammalari (ramziy belgilar) joylashgan
    Ulardan birinchisi — «Svernutь» (Yig‘ib olish) nomli piktogramma. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi Masalalar paneli qatoriga («Pusk» tugmachasi joylashgan katorga) to‘rtburchak shakldagi tugmacha ko‘rinishida (darchadek) yig‘ib olinadi.
    Sichqonchaning chap tugmachasini «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o‘lchovini va joylanishini tiklaydi.
    Ikkinchisi — «Razvernutь» (YOyish) tugmachasi. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi butun ekranga (yoki hujjat oynasi butun ilova oynasiga) yoyib tashlanadi. SHunga ahamiyat berish kerakki, Masalalar paneli oyna qattalashgan holda ham ko‘rinib turadi. «Razvernutь» piktogrammasi ustida sichqoncha bir marta bosilgandan keyin eski piktogramma o‘rnida yangi, ikkita ustma-ust joylashgan kvadrat shaklidagi piktogramma paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi holatiga qaytadi.
    Uchinchisi — «Zakrыtь» (YOpish) piktogrammasi. U joriy ilova oynasini yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab qolinmagan natijalarini saqlaydi. Word 2000 ni yopish uchun ko‘rib chiqilgan birinchi qator boshida joylashgan ilovaning sistema menyusi tugmachasini ikki marta bosish ham mumkin.
    Oynadagi keyingi qator Menyu qatori deyiladi. Unda ko‘rsatilgan menyu turlarining birortasi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmachasi bosilsa, ijro etilishi mumkin bo‘lgan amaliy buyruqlar ro‘yxati chiqadi. Tanlab olingan amaliy buyruq ijro etilishi uchun uning ustida sichqonchani bir marta bosish zarur.
    Barcha menyu turlariga qarashli amaliy buyruqlarning tez-tez ishlatiladiganlari oson tanlanadigan piktogrammalar bilan belgilanib maxsus standart hamda bichimlash uskunalar panellariga joylashtirilgan.
    Oynaning chetlarida vertikal va gorizontal harakatlantirish tasmalarini qurish mumkin. Bu tasmalar hujjatning ekranga sig‘magan qismini ko‘rish imkonini beradi.
    Gorizontal tasmada joylashgan chap tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko‘rsatkichi bosilsa, hujjatning chap tomoni, o‘ng tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko‘rsatkichi bosilsa — hujjatning o‘ng tomoni ko‘rsatiladi.
    Vertikal tasmadagi tepaga va pastga qaragan uchburchaklar matnning yo‘nalishlariga mos qismni ko‘rsatib berishadi.
    Tasmada joylashgan tugmachalarning ikki chetdagisi mos ravishda Oldingi sahifaga o‘tish va Keyingi sahifaga o‘tish amallarini bajaradi. Klaviaturada bu amalni Page Up va Page Down tugmachalari bajaradi. O‘rtada joylashgan tugmacha bosilsa, ekranda quyidagi jadval namoyon bo‘ladi



    Bu jadvalning har bir katakchasi ma’lum bir buyruq piktogrammasidir. Mazkur tugmacha shu buyruqlarga tez o‘tish uchun ishlatiladi.
    3. Oynaning quyi qismida holat qatori joylashgan bo‘lib,unda hujjat nechta sahifadan iboratligi, ekranda hujjatning nechanchi sahifasi aks ettirilganligi, kursor nechanchi qator, nechanchi o‘rinda turganligi haqidagi va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
    Word oynasi ichida asosiy ish oynasi joylashgan. Uning ham eng yuqorisida hujjat nomi aks etgan qator mavjud, burchakda esa bizga tanish bo‘lgan piktogrammalar joylashgan.
    Bu oynada gorizontal va vertikal chizg‘ichlar mavjud. CHizg‘ichning oq qismi qog‘ozdagi matn joylanishi sohasidir. Pastki ikkita «zajim» («qisqich») yordamida bu soha chegaralari o‘zgartiriladi. YUqoridagi «zajim» esa xat boshi joyini ko‘rsatadi. Uning joylanishini ham o‘zgartirish mumkin.
    Gorizontal tasmalar qatori boshida to‘rtta piktogramma joylashgan. Ular hujjat ko‘rinishining bir holatidan ikkinchisiga tez o‘tish piktogrammalaridir.
    Ikkinchi qatori asosiy menyu qatori deb ataladi. Asosiy menyu qatori bu ushbu dasturda foydalaniladigan asosiy buyruqlar ro‘yxatidir. Uchinchi qator vositalar panelidir, ya’ni matnlarni muharrirlash uchun kerak bo‘lgan barcha vositalar ketma-ketligidir.











    Download 11,64 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 11,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

    Download 11,64 Mb.