|
Xodimga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyaning miqdori qancha miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas?
| bet | 2/5 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 85 Kb. | | #150659 |
Bog'liq TEST-SAVOLLARI-VA-ULARNING-JAVOBLARI (1)5. Xodimga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyaning miqdori qancha miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas?
-
xodimning oylik ish haqidan;
-
o‘rnatilgan eng kam ish haqi miqdoridan;
-
xodimning bir yil davomida olgan ish haqidan;
-
ma’naviy zarar yetkazgan shaxsning oylik ish haqidan.
6. Milliy qonun hujjatlari o‘n uch yoshdan o‘n besh yoshgacha bo‘lgan shaxslarga yengil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin, agar bu:
-
ularning ota-onasi rozi bo‘lsa;
-
ularning maktabga qatnashiga, ularning vakolatli hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan kasbga yo‘naltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok etishlariga, yoki ularning olgan o‘quvlaridan foydalanish layoqatiga zarar yetkazmaydigan bo‘lsa;
-
ularning olayotgan maoshi ta’lim olishi uchun to‘lovlarni qoplashga ishlatiladigan bo‘lsa;
-
korxona, tashkilot, muassasa rahbari ularga ziyon yetkazmasligi haqida kafolat beradigan bo‘lsa.
7. Quyidagi qoidalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
-
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning belgilab qo‘yilgan normadan ortiq og‘ir yuk ko‘tarishlari va tashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi;
-
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi;
-
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga ish vaqtining muddati haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi;
-
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi
8. Mehnat shartnomasi xodimning aybli xatti-harakatlari munosabati bilan bekor qilingan hollarda ogohlantirish muddati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
a) kamida 2 oy oldin;
b) kamida 1 oy oldin;
c) kamida 3 kun oldin;
d) 2 hafta oldin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Xodimga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyaning miqdori qancha miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas?
|