|
Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi abdullayev o
|
bet | 57/75 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 326,56 Kb. | | #126532 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi t-fayllar.orgMarkaziy Afrika : Markaziy Afrika tabiiy sharoitining tarkib topishida uning
ekvatorial mintaqa va subekvatorial mintaqalarining janubiy va shimoliy
chekkalarida joylashganligi ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu yerda 2 ta tabiiy
geografik o'lka Gveniya sohili va Kongo katlovinasi atrofdagi tog'lar bilan ajralib
turadi.
Shimoliy Gveniya o'lkasi: Bu o'lka Gveniya qo'ltig'ining past tekislikdan
iborat shimoliy sohili keng polosasini shuningdek shimoliy Gveniya qirlarida o'z
ichiga oladi. O'lka iqlimi subekvatorial iqlim bilan ekvatorial iqlim oralig'idagi
iqlimdir. Gveniya sohilining Niger daryosidan keyingi eng katta daryosi Volta. Bu
o'lkada ko'pdan ko'p kichik orollar bor. Sharqda Niger daryosi kuyi oqimining
vodiysi Kamerun tog'lari bilan chegaralangan. Bu massivning konus shaklidagi
Fako chuqqisi balandligi 4070 m gacha bo'lib, butun g'arbiy Afrikaning eng
baland nuqtasi hamdir. Kamerun massivi yon bag'irlarida ko'plab yogin. Kamurun
massivining okeanga qaraganda yon bag'irlarida 9000 mm dan ortiq yog'in yog'adi.
Bu butun Afrikaga eng ko'p yog'in tushadi. Boshqa rayonlarda sohil chizig'ining
yo'nalishi va tog' yon bag'irlarining eksposiyasiga qarab yiliga 2000 mm dan 3000
mm gacha yog'in yog'adi. O'lka florasi tarkibida bromilliy oilasidan bo'lgan o'tsimon
o'simlik topishdi, sohilning tropik o'rmonlarida shuningdek kaktuslar oilasining
yagona yavovoyi vakili rijalik epifik kaktusi ham uchraydi. Niger deltalarida
Mongre chakalakzorlari bor. Sohil bo'yidadagi pasttekislik va tog'larning yon
bag'irlarida sernam tropik o'rmonlar O'lkaning hayvonot dunyosida, maymunlar
jumladan shimponze yashaydi. Afrika fillar yirtqichlar antilopalar qushlar va har hil
sudralib yuruvchilar uchraydi.
Kongo botig'i: Bu o'lka ekvatorning har ikkala tomonda joylashgan bo'lib,
Atlantika okeani qirg'oqlarida sharqiy Afrika tog'larigacha cho'zilgan. Shimolda
uning chegarasi 50 shimoliy kenglik bo'ylab, janubda esa 100 janubiy kenglikdan
o'tadi. Kongo daryosi o'rta oqimi hamda Kongo havzasi va Afrikadagi boshqa
daryolar orasidagi suv ayirg'ichlarni hosil qiladigan qirlar ham shu o'lka tarkibiga
kiritiladi. O'lka seryomg'ir va bir hilda yuqori harakatli bo'lib turadi. O'lka yomg'ir
rejimi Kongo havzasining tekislik qismi 1500 mm gacha yetadi. Atlantika okeani
sohilining janubiy qismida Bengal sovuq oqimi ta'sirida yog'in miqdori kamayib
boradi. YOg'in sochinning bu o'lkada taqsimlanishi ko'plab daryo vodiylarning
mavjudligi va ularning joylashgan o'rniga qarab tuproq va o'simlik kompleksi hilma-
hil bo'ladi. Kongo havzasida kvproq sernam ekvatorial o'rmonlar tarqalgan. Bu
o'rmonlarda oziq-ovqat texnika uchun zarur bo'lgan o'simlik turlari keng tarqalgan.
O'rmonlarda palma seyba kauchukli qizil daraxt pastki qismida esa qalin o't
o'sitmliklari bilan qoplangan. O'sha o'rmonlada
fillar maymunlar jumladan gorilla va shimpanze
chakalakzorlarda turli yirtqichlar daryo bo'ylarida esa begamotlar keng tarqalgan.
|
| |