• Topshiriq.
  • Telegramma. Telefonogramma




    Download 271.52 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana25.04.2024
    Hajmi271.52 Kb.
    #207235
    Bog'liq
    TELEGRAMMA , TELEFNOGRAMMA
    ELEKTR ENERGETIKA TIZIMIDA AVARIYAGA QARSHI AVTOMATIKA, parrak, NIGORA (2), 1. Aniq integralga keltiriladigan masalalar haqida. Aniq integra-fayllar.org, 7-modul. Komp konfig, 13 - Kompyuter obrazini olishketma-ketligi, SO\'ROVNOMA, Bir va uch fazali elektr zanjirlarni hisoblash usullari va mohiy, 33-mavzu. Tarqoq parametrli elektr zanjirlarning asosiy tushunch-fayllar.org


    TELEGRAMMA. TELEFONOGRAMMA 
    Telegramma ma’lum masofaga xabar yetkazishning eng qisqa va qulay 
    usuli bo‘lib, pochta-telegraflar orqali amalga oshiriladi. Barcha kishilar va 
    idoralar bab-baravar foydalangani uchun xabar mazmuniga qarab, uni rasmiy 
    hujjat ham, shaxsiy hujjat ham deyish mumkin.
    Mazmuni tabrik yoki oddiy xabardan iborat bo‘lgan telegramma bir 
    kishidan ikkinchi kishiga jo‘natilganda, odatda uning vazifasi telefon xizmatiga 
    teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, telefon xizmati yo‘lga qo‘yilmagan joylarda 
    telegramma qo‘l keladi. Ammo xabarni tezlikda, shoshilinch yetkazish borasida 
    u telefon o‘rnini bosa olmaganidek telefon ham hamma vaqt telegramma o‘rnini 
    almashtiravermaydi. Masalan, idoralararo biron-bir narsani so‘rab, iltimos yoki 
    taklif qilib, ogohlantirib yoki tasdiqlab yozilgan rasmiy xat mazmunida bo‘lgan 
    telegramma o‘rnini telefon bosa olmaydi. Chunki matn mazmunidan iz qoldirish 
    hamda uning rasmiy bo‘lishi maqsadida shunday qilinadi. Bunga zarurat 
    bo‘lmagan hollarda esa matn mazmuni telefon orqali yetkazilishi ham mumkin.
    Telegrammaning boshqa hujjatlardan farqi shundaki, ularning matni 
    g‘oyatda qisqa bo‘lib, bir necha so‘zlar yordamida fikr aniq va lo‘nda 
    ifodalanishi lozim bo‘ladi. Telegramma pochtaxonalarda mavjud bo‘lgan 
    maxsus blankalarda rasmiylashtirilib, uni yozishning o‘z qoidalari bor. Qisqalik 
    va ixchamlik talablaridan kelib chiqib, asosiy matnda tinish belgilari 
    qo‘llanilmaydi, bo‘g‘in ko‘chirilmaydi. Shakli esa asosan qo‘yidagicha bo‘ladi: 
    telegrammaning turi haqidagi belgi, jo‘natilayotgan joyning adresi, oluvchining 
    ismi va familiyasi, asosiy matn, jo‘natuvchining adresi. 
    Telegramma oddiy yoki shoshilinch tarzda rasmiylashtirilishi, shaxslararo 
    va idoralararo, hukumat va xalqaro miqyosda bo‘lishi mumkin. 
    Hozirda xabar yetkazishning faksogramma va modemogramma shakllari 
    ham mavjud bo‘lib, telefaks va kompyuter tarmoqlaridan foydalanadigan bu 
    usullar idoralararo rasmiy aloqalarda telegrammaning imqoniyatini bir qadar 
    cheklab qo‘ydi.
    Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga bo'g'in ko'chirilmaydi. 
    Xatboshisiz barcha qatorlar to'ldirib yoziladi. Kunlar va raqamlarni so'z (harf)lar 
    bilan yozish tavsiya etiladi. Bir necha raqamdan iborat bo'lgan murakkab 
    sonlarni o'zicha yozish mumkin. Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari: 
    1. Hujjatning nomi (Telegramma).


    2. Turi haqidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro telegrammalar
    shoshilinch va oddiy telegrammalar).
    3. Telegramma yetib borishi zarur bo'lgan joy manzili, uni oladigan 
    shaxsning ismi va familiyasi.
    4. Mato.
    5. Jo'natuvchi muassasaning qisqacha nomi va matani imzolagan 
    mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas).
    6. Xabar jo'natuvchining manzili. 
    7. Mato kimning nomidan jo'natilayotgan bo'lsa, o'sha shaxsning imzosi. 
    8. Muhr.
    9. Sana. 
    Telegrammaning matai manzildan ajralib turishi kerak. 
     
    TELEFONOGRAMMA. 
    Shoshilinch, zarur va, ayni paytda, rasmiy xabarni yetkazishning yana bir 
    qulay usuli telefonogrammadir. 
    Xat matni tayyorlangach, odatda u mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi va 
    Shundan keyin rasmiy kuchga kiradi. Telefonogrammalar ko’pincha idoralar 
    kotibalari tomonidan telefon orqali jo‘natiladi va qabul qilinadi. 
    Telefonogrammada u jo‘natilayotgan adres – tashkilot yoki muassasaning 
    nomi va rahbari, qabul qilingan vaqti va raqami, asosiy matn va imzo chekkan 
    jo‘natuvchining ismi va familiyasi aks etgan bo‘ladi. Masalan: Samarqand 
    viloyati hokimligi. Yetkazuvchi – Sh.Hamidova. Telefon –35-60-50. Oliy o‘quv 
    yurtlari rektorlariga. Qabul qiluvchi – D.Otaxo‘jayeva. 
    Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan to'g'ri va qisqa 
    (matndagi so'zlarning soni 50 dan ortmasligi kerak) bo'lishiga, murakkab 
    jumlalar yoki juda kam ishlatiladigan so'zlar qo'llanmasligiga e'tibor 
    berish lozim. Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga 
    tegishli bo'lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi kerak. 
    Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:
    1. Manzil.
    2. Hujjatni yo'llovchi muassasaning nomi.
    3. Telefonogrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi, 
    familiyasi, telefon raqamlari.


    4. Qabul qilish vaqti. 
    5. Nomi. 
    6. Tartib raqami. 
    7. Sana.
    8. Matn. 
    9. Imzo chekkan shaxs. Agar telefonogrammani bir necha joyga yo'llash 
    nazarda tutilgan bo'Isa, unga yetkazilishi lozim bo'lgan muassasalar nomi va 
    telefon raqamlari ko'rsatilgan ro'yxat ham ilova qilinadi. 
    Topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib Telegramma, Telefonogramma
    ni 
    taqqoslang va tahlil qiling.
     
     
     
     
     
     

    Download 271.52 Kb.




    Download 271.52 Kb.
    Pdf ko'rish