ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 19
Часть–1_ Апрель–2023
152
2181-3187
TASMALI UZATMALARNI TAHLIL QILISH VA FOYDALI ISH
KOEFFITSIYENTI YUQORISINI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH
Azimov Ruslan Bunyod o’g’li - TKTI Shahrisabz filiali talabasi
Ibodullayev Muhriddin Xudayor o‘g‘li - TKTI Shahrisabz filiali katta o’qituvchisi
Norqulov Jonibek Farhod o‘g‘li - TKTI Shahrisabz filiali katta o’qituvchisi
Annotatsiya: Texnikada ham mashinasozlikda ham mexanik uzatmalarning o‘rni
juda katta shu o‘rinda mexanik uzatmalarning ham ikki turi mavjud. Tasmali va tishli
uzatmalar. Tasmali uzatmalar ham mashinasozlikda ham texnikada ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Bizga ma’lum bo‘lishicha tamale
uzatmalar ham turlarga
bo‘linadi. Ushbu maqoladan ko‘zlangan asosiy maqsad tasmali uzatmalarning
turlaridan qaysi birining foydali ish koeffitsiyenti yuqori
ekanligini tekshirish va
foydali ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan tasmali uzatmadan foydalanish orqali
uzatmalarni samarador ishlashiga erishish.
Kalit so‘zlar. Uzatmalar, mexanik uzatmalar,
tasmali uzatma, tishli uzatma,
ponasimon tasma, yassi tasma, val.
Kirish. Mashinasozlikda va mexanik uzatmalar qo‘llaniladigan
har bir sohada
tasmali uzatmalarning o ‘rni juda muhim hisoblanadi chunki bu uzatmalarni o‘rnini
boshqa uzatmalar egallay olmaydi. Harakatni ishqalanish kuchi hisobiga uzatib
beruvchi bu uzatmalar harakatni bir necha metr uzoqlikgacha uzatib bera olishi bilan
ajralib turadi. O‘z o‘nida tamale uzatmalar ham bir necha turlarga bo‘linadi bulardan
asosiy turlari yassi tasmali uzatmalar va ponasimon tasmali uzatmalar hisoblanadi. Bu
ikki uzatmalar ham turli xil foydali ish koeffitsiyentlariga ega hisoblanadi