• Maqsad va vazifaning belgilanishi
  • Oʻquvchilar faoliyatini faollashtirish
  • Darsga faol ishtirok etgan oʻquvchilarni oʻqituvchi baholaydi
  • TCP/IP modeli.
  • Amaliy pog’ona protokollari.
  • Transport pog’onali protokol.
  • TCP ning ishlash tartibi.
  • UDP protokoli
  • Tayanch bilimlarini faollashtirish




    Download 9,18 Mb.
    bet67/160
    Sana12.12.2023
    Hajmi9,18 Mb.
    #117116
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   160
    Bog'liq
    Kompyuter tarmoqlari va adminstratorlash JAMI 180

    Tashkiliy qism 1-ilova



    Tayanch bilimlarini faollashtirish:


    O`tilgan mavzuni takrorlash uchun aqliy xujum savollari Oʻquvchilarning fan yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash maqsadida Aqliy hujum usulidan foydalanaman.
    Aqliy hujum” savollari:



    Maqsad va vazifaning belgilanishi:




    2-ilova
    Mashgʻulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.



    Oʻquvchilar faoliyatini faollashtirish:


    Tezkor soʻrov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.

    Tezkor so’rov uchun savollar

    1. Tarmoq pratakoli tushunchasi haqida ayting.

    2. Tarmoq pratakoli turlarini sanab bering?

    3. TCP/IP tarmoq pratakoli qanday ishlaydi?



    1. ilova






    Tushuncha

    Tahlil

    Tarmoq pratakoli










    TCP/IP pratakoli










    (Izoh: Oʻquvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va taqdimot qilib berishadi. )
    1. ilova


    Baholash mezoni


    Guruhda ishlashni baholash jadvali





    Guruh

    Javobning aniqligi va toliqligi (2-
    5 ball)

    Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)

    Guruhning har bir a’zosi faolligi (2-5
    ball)

    Umumiy ball miqdori (2+3+4)

    Baho (5/4)

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    1
















    2
















    3
















    Dars yakuni Oʻqituvchi oʻtgan yangi mavzu boʻyicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi oʻquvchilar javobini muhokama qilib, oʻquvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.



    Darsga faol ishtirok etgan oʻquvchilarni oʻqituvchi baholaydi


    O`quvchilar faoliyatini baholash mezonlari

    86-100 % 5 baho “a`lo”

    71 - 85% 4 baho “yaxshi”

    55 70% 3 baho «qoniqarli»



    Uyga vazifa:
    Mavzuni o`qib o`rganib kelish. Savollarga javob yozish

    1. ilova




    1. ilova


    1. ilova

    T/r

    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

    1.

    A.A.Qahhorov. Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish.

    YANGI MAVZU: Tarmoq protokoli tushunchasi.

    Reja:


      1. Tarmoq pratakoli tushunchasi.

      2. Tarmoq pratakoli turlari.

      3. TCP/IP tarmoq pratakoli.

    TCP/IP modeli.


    TCP/IP protokollari oilasi to’rt pog’onali modelga asoslangan.TCP/IP protokollari bu modelning yuqori uch bosqichida joylashgan.
    TCP/IP modelining har bir pog’onasi OSI(Open Systems Interconnection) modelining bir yoki bir nechta pog’onasiga mos keladi.
    Quyidagi jadvalda TCP/IP modelining har bir pog’onasida qo’llaniluvchi protokollar va xizmat turlari ko’rsatilgan.



    Pog’ona

    Tavsif

    Protokollar



    Amaliy

    TCP/IPning amaliy protokollarini va tarmoqda zarur bo’lgan transport pog’onasidagi xizmatlar bilan ishlovchi dastur interfeysini ta’minlaydi.

    HTTP, Telnet, FTP, TFTP, SNMP, DNS,
    SMTP, X Windows, va boshqalar.



    Transport

    Kompyuterlar orasidagi seans bog’lanishlani ta’minlaydi. Ma’lumot uzatishda foydalaniladigan xizmatlar va bog’lanish holati darajasini aniqlaydi.

    TCP, UDP





    Internet

    Ma’lumotlarni IP-datagrammaga joylashtiradi. IP-datagramma marshrutizatsiyasini bajaradii.

    IP, ICMP, ARP, RARP



    Tarmoq interfeysi

    Optik tolali,koaksial kabelli uzatish vositalarida ma’lumotlar bitlarini elektr yoki apparat qurilmalaridagi signallarga o’zgartiradi. Tarmoqdagi ma’lumotlarni fizik uzatish prinsiplari va vositalarini belgilaydi.

    Ethernet, Token Ring, FDDI, X.25,
    Frame Relay, RS- 232, v.35

    Amaliy pog’ona protokollari.




    SMTP(Simple Mail Transfer Transfer Protocol) oddiy pochta protokoli. Ushbu protokol Internet tarmog’i bo’yicha elektron xabarlar uzatishni ta’minlaydi. Uzatish 7 bitli so’z rejimida amalga oshiriladi.
    Tizim quyidagilarni ta’minlaydi:



    • Bitta xabarni bir yoki bir nechta qabul qiluvchilarga jo’natadi;

    • Matn ko’rinishidagi,ovozli xabar,video yoki grafik ko’rinishdagi xabarlarni jo’natish;

    FTP ( File Transfer Protocol) Ma’lumot uzatish protokoli, bir kompyuterdan boshqa bir kompyuterga ma’lumotlarni uzatishda foydalaniladi. Masofaviy kompyuterda kataloglarni ko’rish, ko’chirish, o’chirish va fayllarni qayta jo’natishni ta’minlaydi. FTP boshqa protokollardan xost orqali ikkita bog’lanishni amalga oshirishi bilan farq qiladi. Bittasi ma’lumotlarni uzatish uchun, ikkinchisi esa ma’lumotlarni uzatishni boshqarish uchun foydalaniladi.
    DNS (Domain Name System) – domenlarni nomlash tizimi. Ushbu tizim Internet tarmog’idagi barcha foydalanuvchilarga va uzellarga yagona nom beradi. Domen nomi bir qancha bosqichli ierarxik tuzilmaga ega. Yuqoridagi domen nomlari quyida keltirilgan:

    .com – savdo tashkiloti;

    .gov – davlat boshqarmasi;

    .org – savdoga oid bo’lmagan tashkilot;

    .net — tarmoq ta’minoti markazi;

    .int – xalqaro tashkilotlar;

    .mil – harbiy muassasalar.

    SNMP (Simple Network Management Protocol) — oddiy tarmoq boshqaruvchi protokol. U Internetda xizmat ko’rsatuvchi va kuzatuvchi boshlang’ich to’plam faoliyatini ta’minlaydi.
    Protokol turli ishlab chiqaruvchilarning fizik tarmoqdagi o’rnatilgan qurilmalarni nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan.
    NFS (Network File System) — Tarmoqning fayl tizimi. Boshqa kompyuterlardagi fayllardan foydalanishga ruhsat beruvchi protokollardan biridir.
    TFTP (Trivial File Transfer Protocol) — Trivial(oddiy) ma’lumotlarni uzatish protokoli .
    Tashqi xotiraga ega bo’lmagan marshrutizatorni yoki ishchi stansiyani yuklashda foydalaniladi.
    HTTP ( Hyper Text Transfer Protocol) — Gipermatn uzatish protokoli. Internetda hujjatlar almashinuvida foydalaniluvchi transport protokoli.
    HTML (Hyper Text Markup Language) — Gipermatn belgilash tili. WWW tarmog’ida foydalaniluvchi asosiy tillardan biridir.

    Transport pog’onali protokol.


    TCP (Transmission Control Protocol) — Jo’natmalarni nazorat qilish protokoli. Belgilangan manzilga paketlarni jo’natishda ishonchli xizmatni amalga oshiruvchi protokol. TCP protokoli:

    • IP-datagramma eltuvini kafolatlaydi;

    • zaruriy tartibda ma’lumotlar segmentini eltuvini ta’minlaydi;

    • nazorat summasi yordamida uzatilgan ma’lumotlar butunligini tekshiradi;

    • agar ma’lumotlar olinishi omadli amalga oshsa, ijobiy ogohlantirish jo’natadi;

    TCP ning ishlash tartibi.


    TCP tarmoqning ikkita uzeli orasidagi “nuqta-nuqta” aloqasiga asoslangan. TCP dasturdan ma’lumotlarni oladi va ularni huddi baytlar oqimidek qayta ishlaydi.
    Baytlar segmentlarga guruhlanadi.
    TCP uzelida ma’lumotlar almashinishi uchun, avval ular orasida aloqa o’rnatib olish zarur.


    UDP protokoli


    Foydalanuvchilarning datagram protokoli (UDP- User Datagram Protocol). UDP bir qancha dasturlarda TCP/IP uzellari orqali oddiy, tez, lekin ishonchsiz ma’lumotlarni jo’natish uchun TCP bilan birga ishlatiladi.


    UDP datagramm xizmatini ta’minlaydi. U datagramm jo’natish tartibining to’g’riligiga, uning yetib borganligiga kafolat bermaydi.

    UDP

    TCP

    Uzellar orasida seans o’rnatilmaydi. Xizmat, bunday holatga mo’ljallanmagan.

    Uzellar orasida seans o’rnatadi. Xizmat, bunday holatga mo’ljallangan.

    UDP ma’lumotlarni yetib borishiga va ularni ketma-ketligiga javob bermaydi.

    TCP ma’lumotlarni yetib borishini ta’minlaydi va ularni nazorat qiladi.

    UDP — tezkor protokol bo’lib, “nuqta- nuqta” va “nuqta- ko’p nuqta”li aloqani qo’llaydi.

    TCPsekinroq protokol, faqatgina “nuqta-nuqta”li aloqani qo’llaydi.

    1. 1 ta server 2 ta marshrutizator va 1 ta PC tanlanib tarmoq qurish

    2. Har bir qurilmani kirish/chiqish portlari IP adresini sozlash

    3. Serverda amaliy pogona protokollari (DNS, Pochta, Ftp, Telnet, HTPP) larni sozlash

    4. Transport pogonasi protokollari TCP va UDP larni ishlashi bilan tanishish

    5. Qurilgan tarmoq va hizmatlarni to’gri sozlanganligini tekshirish

    6. DNS, Pochta, Ftp, Telnet, HTPP hizmatlarining OSI pogonasidagi bajaradigan funkciyalarini tekshirish

    Quyida 1-rasmda tarmoq tuzilishi ko’rsatilgan va undagi tarmoq qurilmalar nomi keltirilgan:





    • Marshrutizator ;

    • PC ;

    • Server .





      1. rasm. Tarmoqni umumiy ko’rinishi



      1. rasm. UDPda paketlarni jo’natilishi

      2. rasm. UDPda paketlarni jo’natilishi


    Download 9,18 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   160




    Download 9,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayanch bilimlarini faollashtirish

    Download 9,18 Mb.