• Tayanch bilimlarini faollashtirish
  • Maqsad va vazifaning belgilanishi
  • Oʻquvchilar faoliyatini faollashtirish
  • Darsga faol ishtirok etgan oʻquvchilarni oʻqituvchi baholaydi
  • YANGI MAVZU: Tarmoq texnologiyalari va malumotlarni uzatish vositasiga kirish usullari
  • Tasdiqlayman” Namangan shahar 2-son kasb- hunar maktabi direktori: Sh. Mamajonova




    Download 9,18 Mb.
    bet43/160
    Sana12.12.2023
    Hajmi9,18 Mb.
    #117116
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
    Bog'liq
    Kompyuter tarmoqlari va adminstratorlash JAMI 180

    Yo’riqnomali texnologik xarita.




    Kasb kodi va nomi: 30610401-Ахborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operqatori


    Oʻquv amaliyot nomi: Kompyuter tarmoqlari va adminstratorlash


    Mavzu №5: Tarmoq texnologiyalari va ma'lumotlarni uzatish vositasiga kirish usullari.


    Maqsad: Tarmoq texnologiyalari va ma'lumotlarni uzatish vositasiga kirish usullari mavzusi bo’yicha yangi bilimlarga ega bo’lish



    Bajariladigan ishlar mazmuni
    mazmuni

    Moslamalar, asboblar va xom ashyolar

    Eskizlar, chizmalar rasmlar

    Bajarish tartibi

    I

    II

    III

    IV




    1. Tarmoq

    Kompyuterning





    Routerlar yuqorida keltirilgan tarmoq qurilmalariga qaraganda murakkab tuzilishga ega qurilma bо‘lib, OSI sathining tarmoq sathida ishlaydi.



    • Router qabul qilingan ma’lumotlarni tarmoq sathiga tegishli manzillarga kо‘ra (IP manzil) uzatadi.

    • Bundan tashqari routerlar qabul qilingan paketlarni uzatishda kо‘plab protokollar ishlashini madadlaydi va paketlarni filterlash

    texnologiyalari

    qurilmalari

    va

    Tarmoq hosil

    ma'lumotlarni

    qilish asboblari

    uzatish

    qurilmalari

    vositasiga




    kirish usullari













    amallarini bajaradi.

    2. Qayta ishlash

    Tarmoq hosil qilish



    Tarmoqda ortiqcha omillarni topish kerak. Kompyuter va kompyuter tizimlari ortiqcha sim va sim va simsiz uskunalar bilan ta’minlansa, bir yoki bir necha tarmoq yoki hisoblash mashinalarning uzellari muvaffaqiyatsiz ishlaydi(1-rasm).
    foydalanilmaydi.

    3.
    Qurulmalarni o’rnatish

    Kompyuterning qurilmalari Tarmoq qurilmalari






    Bridge



    • Kо‘priklar tarmoq chegarasida trafikni filterlashni amalga oshiradi.

    • Kо‘prik har bir ma’lumotlar paketidagi MAC manzillarni о‘qib oladi va ularni masofadagi qurilmaga yuboradi.

    • Kо‘priklar OSI modelini kanal sathida ishlaydi.

    • Kо‘priklarda MAC manzillar saqlanuvchi jadvallar bо‘lib, u asosida qabul qilingan paketlarni yuborishni amalga oshiradi.

    Tashkiliy qism 1-ilova



    Tayanch bilimlarini faollashtirish:


    O`tilgan mavzuni takrorlash uchun aqliy xujum savollari

    Oʻquvchilarning fan yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash maqsadida Aqliy hujum usulidan foydalanaman.


    Aqliy hujum” savollari:



    Maqsad va vazifaning belgilanishi:




    2-ilova Mashgʻulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.



    Oʻquvchilar faoliyatini faollashtirish:


    Tezkor soʻrov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.



    1. Yangi oʻquv materiali bayoni:

      Tezkor so’rov uchun savollar

      1. Tarmoq texnalogiyalari deb nimaga aytiladi?

      2. Tarmoqda ma’lumotlar qanday uzatiladi?

      3. Tarmoq texnalogiyalarining xususiyatlar qanday?
      ilova


    Guruhlarga topshiriq:
    Topshiriq:B/BX/B usulidan foydalanib mavzuni yoriting.


    Bilaman

    Bilishni xohlayman

    Bilib oldim










    (Izoh: Oʻquvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va
    taqdimot qilib berishadi. )
    1. ilova


    Baholash mezoni


    Guruhda ishlashni baholash jadvali





    Guruh

    Javobning aniqligi va toliqligi (2-
    5 ball)

    Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)

    Guruhning har bir a’zosi
    faolligi (2-5 ball)

    Umumiy ball miqdori (2+3+4)

    Baho (5/4)

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    1
















    2
















    3
















    Dars yakuni Oʻqituvchi oʻtgan yangi mavzu boʻyicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi oʻquvchilar javobini muhokama qilib, oʻquvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.



    Darsga faol ishtirok etgan oʻquvchilarni oʻqituvchi baholaydi


    O`quvchilar faoliyatini baholash mezonlari

    86-100 % 5 baho “a`lo”

    71 - 85% 4 baho “yaxshi”

    55 70% 3 baho «qoniqarli»



    Uyga vazifa:
    Mavzuni o`qib o`rganib kelish. Savollarga javob yozish

      1. ilova




      1. ilova


      1. ilova

    T/r

    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

    1.

    A.A.Qahhorov. Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish.

    YANGI MAVZU: Tarmoq texnologiyalari va ma'lumotlarni uzatish vositasiga kirish usullari


    Reja:

        1. Tarmoq texnologiyalari va ma'lumotlarni uzatish vositasiga kirish usullari.

        2. Token Ring (fizik qatlam, protokollar, uskunalar).

        3. Tarmoq texnologiyalarining qiyosiy xususiyatlari.



    Token—Ring tarmoq abonentlarini konsentrator (MAU) yordamida
    «Halqa»ga ulash.ishlatiladi, ular abonent tarmoqdan uzilgan holatda ham doimiy ulangan «Halqa» hosil qilish imkonini beradi. Tarmoqda konsen- tratorbitta bo'lishi mumkin, bu holda «Halqa»ga faqat konsen- tratorga ulangan abonentlargina ulanadi.
    Adapterni konsentratorga ulaydigan har bir kabel (adapter cable
    — adapterno’e kabeli) tarkibida ikkita turli tarafga yo'naltirilgan aloqa yo'li mavjud. Xuddi shunday ikki tarafga yo'naltirilgan aloqa yo'li magistral kabel tarkibiga kiruvchi (nath cable — magistralno’y kabel) aloqa vositasi bilan konsentratorlar o'zaro ulanib «Halqa» tashkil qiladi , vaholanki, bitta bir tomonga yo'naltirilgan kabel yordamida ham
    «Halqa»ni tashkil qilish mumkin.


    5.7-rasm. Token—Ring konsentratori (8228MAU).


    Konsentrator tuzilish jihatidan alohida blok tariqasida jihoz- langan bo'lib, u sakkizta razyomlardan iborat, kompyuterlarni adapter kabeli yordamida ulash uchun va ikki chetida ikkita razyom orqali magistral kabellaryordamida boshqa konsentratorlar bilan ulanish uchun qulay qilib jihozlanganko'rinishda ishlab chiqariladi (5.7 - rasm). Devorga o'rnatiladigan va stol ustigajoylashtirishga mo'ljallangan variantlari ham mavjud.
    Bir necha konsentratorlarni konstruktiv jihatdan guruhga birlashtirish mumkin, klaster (cluster), uning ichida abonentlar ham bir halqaga birlashadi. Klasterlardan foydalanish bir markazga ulangan abonentlar sonini oshirish imkoniyatini yaratadi (masalan, klaster
    tarkibida ikkita konsentrator bo'lgan holda, abonentlar sonini 16 tagacha yetkazish mumkin).
    IBM Token—Ring tarmog'ida axborot uzatish muhiti sifatida avvaliga o'ralgan juftlikdan foydalanilgan, lekin keyinchalik koaksial kabelga mo'ljallangan qurilmalar va shuningdek, FDDI standartidagi shisha tolali kabellar ham qo'llanildi. O'ralgan juftlik kabellarning ekranlanmagani (UTP) vashuningdek, ekranlangani (STP) qo'llaniladi.


    Token—Ring tarmog'ining asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardaniboratdir:

    • IBM 8228 MAU tipidagi konsentratorlar soni —12 ta;

    • tarmoqda abonentlarning maksimal soni — 96 ta;

    • abonent va konsentratorlar o'rtasidagi kabelning maksimal uzunligi

    • 45 metr;

      • konsentratorlar o'rtasidagi kabelning maksimal uzunligi — 45 metr;

      • hamma konsentratorlarni ulovchi kabelning maksimal uzunligi — 120

    metr;

    • axborot uzatish tezligi — 4 MbitG’s va 16 MbitG’s.

    Hamma ko'rsatkichlar ekranlashtirilmagan o'ralgan juftlik ishlatilgan

    holat uchun keltirilgan. Agarda, axborot uzatish muhiti o'zgarsa, tarmoq ko'rsatkichlari ham o'zgarishi mumkin. Masalan, ekranlangan o'ralgan juftlik ishlatilgan taqdirda, abonentlar soni 260 tagacha yetishi mumkin (96 tao'rniga), kabelning uzunligi 100 metrgacha uzayadi (45 metr o'rniga), konsentratorlar soni 33 taga ko'payadi, konsentratorlarni ulovchi kabelning to'liq uzunligi 200 metrgacha yetadi. Shisha tolali kabeldan foydalanganda konsentratorlarni ulovchi kabel uzunligini 1 kilometrgacha oshirish mumkin bo'ladi.


    Ko'rib turibmizki, Token—Ring tarmog'i Ethernet tarmog'iga qaraganda,tarmoqning ruxsat etilgan uzunligi va shuningdek, tarmoqqa ulanadigan abonentlar soni bo'yicha ham bellasha olmaydi. IBM firmasi o'z tarmog'ini Ethernet tarmog'iga munosib raqobatchi sifatida qaraydi.
    Token—Ring tarmog'ida axborot uzatish uchun Manchester II kodining varianti qo'llaniladi. Xuddi har qanday yulduzsimon topologiyalari kabi bu tarmoqda ham hech qanday qo'shimcha elektr manbayi bo'yicha moslash vatashqi yerga ulash tadbirlari kerak emas, albatta.
    Kabelni tarmoq adapteriga ulash uchun DIN turidagi tashqi 9- kontaktlirazyomdan foydalaniladi. Ethernet adapteri kabi, Token—Ring adapterida ham o'z platasida manzillarni sozlash va sistema shinasini uzish uchun moslamalari bor. Ethernet tarmog'ini adapterlar va kabel bilan qurish mumkin bo'lsa, Token —Ring tarmog'ini qurish uchun konsentratorlar xarid qilib olishkerak.
    Bu esa, Token- Ring tarmoq qurilmalari narxini oshiradi.
    Bir vaqtning o'zida Ethernet tarmog'iga qaraganda Token—Ring tarmog'i katta yuklamalarni yaxshi ko'tara oladi (30—40 % ko'p) va kafolatlangan tarmoqqa ega bo'lish vaqtini ta'minlaydi. Bu xususiyat, masalan,ishlab chiqarishga mo'ljallangan tarmoqlar uchun eng zarur hisoblanadi, chunki tashqi hodisalarga e'tibor bermaslik jiddiy buzilish holatlariga olib kelishi mumkin.


    Token—Ring tarmog'ida tarmoqqa ega bo'lishning markerli usuli qo'llaniladi, ya'ni halqa bo'ylab har doim marker harakatda bo'ladi va abonentlarning xohlagani o'z paketlarini unga qo'shib uzatishlari mumkin. Shundan tarmoqning eng katta afzalligi kelib chiqadi, ya'ni konflikt holat bo'lmaydi. Lekin bundan quyidagi kamchilik ham kelib chiqadi, markerning butunligini nazorat qilib turish lozimligi va tarmoqni ishlashining har bir abonentga bog'liq ekanligi (abonent kompyuteri buzilgan holda uning halqadan uzilishi shartligi).
    Markerning butunligini nazorat qilish uchun abonentlardan birortasi ajratiladi (u aktiv monitor, deb nomlanadi). Uning qurilmalari boshqa qurilmalardan hech qanday farq qilmaydi, lekin uning dasturiy vositalari tarmoqdagi vaqt nisbatini nazorat qilib turadi va lozim bo'lganda yangi marker hosil qiladi. Aktiv monitorning tarmoq o'tkazish davridakompyuterlardan birini tanlanadi. Agarda, aktiv monitor biror sabab tufayli ishdan chiqsa, maxsus mexanizm ishga tushib, boshqa abonentlar (zaxiradagimonitor) yangi aktiv monitor tayinlashga qaror qiladilar.
    Marker — bu boshqarish paketi bo'lib, uchta baytdan iboratdir (5.8- rasm): boshlang'ich taqsimlovchi bayt (SD —Start Delimiter — bayt nachalnogo razdelitelya), ega bo'lishni boshqarish bayti (AC — Access Control
    — upravlenie dostupom) va oxirgi taqsim- lagich bayti (ED End Delimiter konechno’y razdelitel). Boshlang'ich taqsimlagich va oxirgi taqsimlagich, nafaqat nol va birlar ketma-ketligi,shuningdek maxsus ko'rinishdagi impulslarni o'z tarkibiga oladi

    Boshlang'ic h taqsimlagic
    h(1 bayt)

    Ega bo'lishni boshqarish
    (1 bayt)

    Oxirgi taqsimlagic h
    (1 bayt)



    5.8-rasm. Token—Ring tarmoq markerining o'lchami.

    Taqsimlagichlarning bu sharofati uchun ularni paketning boshqa baytlariga hech qachon aralashtirib yuborilmaydi. Taqsimlagichlarning to'rttabiti qabul qilingan kodlashtirishda nol qiymatga ega bo'lsa, qolgan to'rtta bitlar qiymati Manchester II kodiga to'g'ri kelmaydi: ikki bit oralig'ida signalning bir qiymati saqlanib tursa, qolgan ikkita bit oralig'ida boshqa qiymat saqlanadi. Qabul qiluvchi qurilma sinxrosignalning bunday yo'qolganini osongina bilib oladi.


    Boshqarish bayti to'rtta maydonga bo'lingan (5.9-rasm): uchta bit navbat o'rnatish biti, bitta bit monitor biti va uchta bit zaxira biti. Navbat biti abonentlar paketlariga yoki markerga navbatbelgilash uchun kerak (navbat 0 dan 7 gacha bo'lib, 7 eng yuqori, ya'ni eng birinchi navbatni bildirsa, 0 esa eng quyi, ya'ni eng oxirgi navbatni bildiradi). Abonent markerga o'z paketini o'zining navbat nomeri bilan marker navbati to'g'ri yoki katta bo'lgan holda qo'sha oladi. Bit markeri — bu markerga paket qo'shilganmi yoki yo'qmi ko'rsatib beradi (1 — marker paketsiz ekanligini bildirsa, 0 — marker paketli ekanligini ko'rsatadi). Monitor biti — birgao'rnatilgan bo'lsa, bu marker aktiv monitor tomonidan uzatil- ganligidan xabar beradi. Zaxiralash biti abonentga tarmoqqa kelajakda ega bo'lish huquqini band qilish uchun ishlatishga imkon beradi, ya'ni xizmat ko'rsatish navbatiga turish uchun kerakdir.Token—Ring paket formati 5.10-rasmda keltirilgan. Boshlang'ich va oxirgi taqsimlagichlardan va shuningdek, ega bo'lishni boshqarish baytidan tashqari, paket tarkibiga paketni boshqarish bayti, uzatish va qabul qilish qurilmalarining tarmoq manzili, axborotlar,nazorat bitlar yig'indisi va paket holatini ko'rsatuvchi baytlar kiradi.Paket maydonlarining vazifasi quyidagilardan iboratdir.
    Boshlang'ich taqsimlovchi (SD) — bu paketning boshlanish belgisi; ega bo'lishni boshqarish bayti (AC) — bu markerda qanday maqsadda foydalanilsa, bu yerda ham xuddi shu;
    paketni boshqarish bayti (FC Frame Control) paket (kadr) turini aniqlaydi;

    • paketni jo'natuvchi va qabul qiluvchi olti baytli manzilining standart formatli 3.2-bobda ko'rib chiqilgan;

    • axborotlar maydoni uzatiladigan axborotni yoki axborot almashinuvini boshqarish buyruqlarini o'z tarkibiga oladi;

    • nazorat bitlar maydoni 32 razryadli paketning davriy nazorat bitlar yig'indisi (CRC);

    • oxirgi taqsimlovchi paketning tamom bo'lganligini bildiradi. Bundan tashqari, u uzatilayotgan paket oraliq paketi yoki uzatilayotgan paketlarning oxirgisi ekanligini aniqlaydi va shu- ningdek, paketning xatoligi haqidagi belgiham mavjud (buning uchun maxsus bit ajratilgan);

    • paket holatini bildiruvchi baytning vazifasi: qabul qiluvchi qurilma tomonidan paket qabul qilinganligi va xotirasiga yozilganligi haqidagi ma'lumot bo'ladi. Uning yordamida paket jo'natuvchi paketi manzilga bexatoyetib borganligi haqida ma'lumot oladi yoki xato qabul qilingan bo'lsa,qaytadan uzatish xabarini oladi.

    Qayd qilib o'tish lozimki,uzatiladigan bir paket tarkibida ruxsat etilgan axborotning kattaligi Ethernet tarmog'iga nisbatan tarmoq ish unumdorliginioshirish uchun hal qiluvchi omil bo'lib qolishi mumkin. Nazariy jihatdan
    16 MbitG’s uzatish tezligi uchun, axborot maydonining uzunligi 18 Kbayt.ga yetishi mumkin, katta hajmdagi axborotlarni uzatishda bu ko'rsatkich muhim. Lekin hatto 4 MbitG’s tezlikda ham Token—Ring qo'llanilgan tarmoqqa ega bo'lishning marker usuli sharofati bilan haqiqatda tezkor Ethernet (10 MbitG’s) tarmog'iga qaraganda katta tezlikka erishadi, ayniqsa, katta yuklamalarda (30—40 % yuqori) CSMAG’CD usulining kam- chiliklari, ya'ni konflikt holatlarni hal qilishga ko'p vaqt sarflanishi pand berib qo'yadi.
    Token—Ring tarmog'ida oddiy paket va markerdan boshqa yana maxsus boshqarish paketi ham jo'natilishi mumkin, u uzatishlarni uzush uchunxizmat qiladi. U xohlagan vaqtda va axborot oqimining xohlangan joyida uzatilishi mumkin. Bu paket hammasi bo'lib, ikkita bir baytli maydonni tashkilqiladi.
    Token—Ring tarmog'ining tezligi yuqori bo'lgan versiyalarida (16 MbitG’s va undan ham yuqori) markerni erta tashkil qilish usuli (ETR Early Token Release) qo'llanilgan. U tarmoqning unumsiz ishlatilishiga yo'l qo'ymaydi. ETR usulining ma'nosi, markerga ulangan o'z paketini jo'natib bo'lishi bilan har qanday abonent tarmoqqa yangi bo'sh marker hosil qilib uzatadi, ya'ni hamma boshqa abonentlar o'z paketlarini uzatishni oldingi abonent paketini uzatib bo'lishi bilanoq boshlashlari mumkin (markerning butun halqa bo'ylab harakat qilib kelishini poylab turmasdan)

    Download 9,18 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




    Download 9,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” Namangan shahar 2-son kasb- hunar maktabi direktori: Sh. Mamajonova

    Download 9,18 Mb.