• 1.2.1-rasm. Koaksial kabel
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Koaksial kabellar
    (coaxial cable) - markazida izolyatsiya 
    qilingan qalin mis sim va bu sim atrofidagi koʻp tolali simdan iborat 
    kabel. Televizor va antennani ulashda ishlatiladigan kabel koaksial 
    kabelga misol boʻla oladi. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda 
    foydalaniladi. (1.2.1-rasm.)
    1.2.1-rasm. Koaksial kabel 
    Koaksial kabellaming asosan ikki turi mavjud: 
    • ingichka (thin) kabel. diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan; 
    • yoʻgʻon (thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu 
    turdagi kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib 
    chiqarmoqda. Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda 
    yolgʻon kabellarga nisbatan koʻp ishlatiladi, chunki ularda signal 
    soʻnishi koʻproq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har 
    bir kompyuterga oʻtkazish mumkin. Yoʻgʻon kabelni xona devorlariga 
    bir vaziyatda aniq mahkamlab qoʻyishni taqozo qiladi. Yaqin vaqtgacha 
    koaksial kabellar eng koʻp tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori 
    darajada himoyalanganligi (sim tolqimasi— ekran mavjudligi), toʻqilgan 


    24 
    juftlikka qaraganda, axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s.gacha) 
    yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va 
    undan koʻproq kilometrga). Tarmoqdan ruhsat etilmagan axborotni 
    mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek, u tashqariga sezilarli 
    darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq oʻralgan juftli 
    kabelga nisbatan koaksial kabelni taʻmirlash va yigish ishlarini olib 
    borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning bahosi oʻralgan 
    juftli kabellarga nisbatan 1,5—3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga 
    razyomlar oʻrnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi 
    kabellarni oʻralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi. Koaksial 
    kabellar asosan «Shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda 
    kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun
    albatta, terminatorlar oʻrnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi 
    yerga ulanishi kerak. 
    1.2.2- jadvalda oddiy va keng toʻlqinli koaksial kabelga asoslangan 
    aloqa kanalining koʻrsatkichlari keltirilgan. 
    1.2.2-jadval 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish