18
va ularning tuzilmasini oʻrganish hamda ulardan maʻlumotlar
olish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarmoq texnologiyalari
bu - (ingl: network technologies, rus:
сетевые технологии) tarmoq rejimida muloqotda boʻlish imkonini
beruvchi texnologiyalar[4].
Tarmoq texnologiyalari
– bu kompyuter tarmoqlarini tashkil etish,
muvofiqlashtirishda ularning dasuriy-qurilmaviy tarkibini minimal
darajasini aniqlovshi standartlar to`plami.
Qoida sifatida tarmoq
texnologiyalari tarmoq topologiyasini, shuningdek, kanallar darajasining
protokolini aniqlaydi va belgilaydi.
Tarmoq texnologiyalari dasturiy taʻminot, apparat va protokol
shaklida maʻlumotlarni uzatish va yetkazib berishning yaxlit qoidalar
toʻplamidir.
Maʻlumot
almashishlar
tarmoq
adapterlari
bilan,
shuningdek turli konnektor va kabellar orqali amalga oshiriladi.
Tarmoq
texnologiyalari
axborot
–
kommunikatsiya
texnologiyalarining asosini tashkil etib, ularning sohalarga qoʻllanilishi
quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- Tarmoqdagi
bir
nechta
kompyuterlarning
bitta
printer,
nushalovchi va boshqa qurilmalardan oʻzaro
foydalanishi;
- VPN (Virtual Private Networks — virtual shaxsiy tarmoqlar)
orqali keng maydonda biznes va boshqa sohalarda hamkorlikni yuritish;
- mijoz-server modelida bir kompyutyerdan axborotlarni zahira
saqlovchisi sifatida umumiy foydalanish va bir necha kompyuterlarni
boshqarish;
- IP – telefoniya, yaʻni ikki abonent oʻrtasida tovush trafigi (nutqi)
uzatiladi yoki VoIP (Voice over IP – tarmoqda qabul qilingan
paketlardan va diskret signaldan analog
signalga qayta tiklash yoki
aksincha) texnologiyalari yordamida telefonli xizmatlardan foydalanish;
- e - commerce modelida elektron tijorat ishlarini onlayn yuritish;
- elektron jurnal va gazetalardan umumiy foydalanish;
- IPTV (IPTeleVision - internet televidenie) texnologiyalari;
- Wiki, e-mail va internet ijtimoiy tarmoqlari
−
Keng polosali tarmoq xizmatlari va uning koʻplab imkoniyatlar.
Keng polosali tarmoq atamasi internetga doimiy va katta tezlikda
ulanishni bildiradi. Biroq bu nafakat ma’lumot
uzatish tezligi balki
butun jahon tarmog‘idan foydalanishning maxsus usuli hamdir.
Keng polosali tarmoq mijozi istalgan vaqtda katta xajmdagi o‘zida
rangli tasvir, audio va video kliplar, animatsiya, televideniya kontinenti
va boshqalardan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish
19
imkoniga ega bo‘ladi. Keng polosali tarmoq mijozga u qaerda
ulanganidan qat’iy nazar eng zamonaviy xizmatlarni yetkazib beradi.
Mijoz multimedia va biznesini ma’lumot bilan ta’minlashda ko‘proq
imkoniyatlarga ega bo‘ladi, bular fayllar almashinuvi, telefon va bank
xizmatlari va boshqalar.
Keng polosali tarmoq yangi sohalar
ochilishi va mavjudlarini
rivojlantirishga imkon beradi. U iqtisodiy o‘sish va investissiya, ishga
joylashishda yangi imkoniyatlar ochadi. Uzoqda joylashgan turar-
joylarni rivojlantirishda, mahalliy hokimyat
organlariga tijorat uchun
qulay sharoitlar yaratishda, yuqori malakali tibbiy xizmat yetkazib
berish, masofadan ishlash, yuqori tezlikdagi ma’lumot olish va davlat
boshqaruvida qatnashish imkonini beradi.
Keng
polosali
tarmoq
texnologiyalaridan
biri
FTTx
texnologiyasidir. FTTx-nomi inglizcha Fiber
to the x- optik tola x
nuqtagacha ma’nosini beruvchi so‘zlar bosh harflaridan olingan. Fiber to
the Home/ Building “optika har bir uygacha” manosini beradi. Bu atama
aloqa tugunidan ma’lum masofagacha (x- nuqta) optik kabel
qo‘llaniluvchi barcha kompyuter tarmoqlari uchun qo‘llaniladi. FTTx
tizimining keng polosali abonentlarga yangi xizmatlarning katta
imkoniyatlarini ochadi[8].