294
shovqinsiz belgilangan amallarni bajaraveradi. Axborotning oʻgʻirlanishi
haqida mutlaqo shubha tugʻilmaydi. Faqatgina oldindan ushbu tahdid
haqida maʻlumotga ega boʻlgan va yuborilayotgan axborotning oʻz
qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik
choralarini qoʻllash natijasida himoyalangan tarmoq orqali maʻlumot
almashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Axborot xavfsizligi boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan keng tarqalgan oʻnta
xatolar:
1. Stikerlarda parollar;
2. Kompyuterni ishlash paytida qarovsiz qoldirish;
3. Begona kompyuterlarda electron pochta ilovalarini ochish;
4. Parolning yomon tuzilishi (hayvonlar, avtomobillar nomlari,
ismlar);
5. Portativ kompyuterlardan erkin foydalanish;
6. Mahmadonalik;
7. Ishga solish va oʻynash;
8. Qayd etilmagan xavfsizlikni buzish;
9. Xavfsizlik tizimi boʻyicha yangilanishlarni oʻrnatishni doim
keyinga qoldirish;
10. Tashkilot ichidagi xavflarga eʻtiborsizlik.