25
1.2.2-rasm. Juftli oʻram kabel
Bu kamchiliklami bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi
(ekranlanadi). Toʻqilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish vaqtida har bir
juftlikni ochiq toʻqilgan fnetall simli qobiq (ekran)ning ichiga
joylashtiriladi. Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini kamaytiradi,
tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlaming bir-biriga
taʻsirini ham kamaytiradi (crosstalk, перекрестные новодки,
chorraha
yoʻnalishlar).
Tabiiyki, ekranlashtirilgan oʻralgan juftlik, ekranlashtirilmagan
juftlikka nisbatan narxi ancha qimmat boʻladi, ulardan foydalanilganda
maxsus ekranlashtirilgan ulovchi moslamalardan (razyom) foydalanish
zarur. Shuning uchun ekranlashtirilmagan oʻralgan juftlikka nisbatan
ekranlashtirilgan oʻralgan juftlik kam uchraydi. Ekranlashtirilmagan
oʻralgan juftlikning asosiy afzalligi
kabel uchlariga razyomlarni
ulashning osonligi va shuningdek, har qanday shikastlanishlarni
taʻmirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan
hamma texnik koʻrsatgichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan
yomon. Masalan, signalni uzatishda berilgan soʻnish tezligi (kabeldan
signal oʻtgan sari uning amplitudasini kamayishi) bu kabellarda koaksial
kabel koʻrsatgichiga nisbatan katta. Agarda, kam himoyalanganligini
ham
hisobga olsak, nima uchun oʻralgan juftlik kabellarining uzunligi
kam boʻlishi (100 metr atrofida) tushunarlidir. Hozirgi vaqtda oʻralgan
juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun ishlatilmoqda va
uzatish tezligini 1000 Mbit/s.ga yetkazish ustida ish olib borilmoqda.
Ekranlashtirilmagan oʻralgan juftli kabellaming (UPT) EIA/TIA 568
standartiga koʻra
yetti toifasi mavjud:
−
1-toifadagi kabel — bu oddiy telefon kabeli (oʻralmagan juft sim)
26
boʻlib, u orqali faqat tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu
turdagi kabel texnik koʻrsatgichlari katta chekinishlaridan iborat (toʻliq
qarshiligi, oʻtkazish yoʻlagi, chorraha yoʻnalishi);
−
2-toifadagi kabel — bu oʻralgan juftlikdan iborat kabel boʻlib,
axborotni 1MGtsgacha chastota oraligʻida uzatish uchun moʻljallangan.
Kabel chorraha yoʻnalishlar darajasiga testlanmaydi. Hozirgi vaqtda
juda kam ishlatiladi. EIA/TIA 568 standard 1 va 2-toifadagi kabellami
ajratmagan;
−
3-tolfadagi kabel — bu kabel axborotlarni 16 MGts.gacha
chastota oraliqda uzatishga moʻljallangan, oʻralgan juftlikdan tashkil
topgan boʻlib, 1 metr uzunlikda ikki sim bir-biriga 9 marotaba oʻralgan,
kabel hamma koʻrsatgichlar boʻyicha testlanadi va 100 Om toʻlqin
qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga
standart tomonidan tavsiya
qilingan eng oddiy kabel turi boʻlib, hozirgi vaqtda koʻp tarqalgan. Bu
toifa kabellar simpleks metod deb yuritiladi;
−
4-toifadagi kabel — bu kabel axborotlarni 20 MGts.gacha
chastota oraliqda uzatishga moʻljallangan. Kam ishlatiladi, chunki
koʻrsatgichlari boʻyicha 3-toifadagi kabel koʻrsatgichlaridan kam
farqlanadi. Standart 3-toifadagi kabel oʻmiga
5-toifadagi kabeldan
foydalanishni tavsiya etadi. 4-toifadagi kabelni hamma texnik
koʻrsatgichi boʻyicha testlash mumkin va 100 Om toʻlqin qarshilikka
ega. 1EEE8025 standartli tarmoqda foydalanish
uchun yaratilgan
kabeldir;
−
5-toifadagi kabel — bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel
boʻlib, 100 MGs chastota oraligʻida axborot uzatishga moʻljallangan.
0ʻralgan juftliklardan tashkil topgan, 1 metr uzunlikda 27 ta oʻramdan
kam emas (1 futga 8 ta oʻram). Kabelning hamma koʻrsatgichlari
testlanadi va 100 Om toʻlqin qarshilikka ega. Hozirgi zamon yuqori
tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, yaʻni 100 megabitlik va 1 gigabitlik
Ethernet, Post Ethernet va TPFDDT tarmoqlarida
foydalanish tavsiya
etiladi. 5-toifadagi kabel 3-toifadagi kabelga nisbatan taxminan 30—40
% qimmat. Bu toifadagi kabel optimal variant;
−
6-toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi yaxshi boʻlib, 200 MGs -
500 MGs gacha chastota oraligʻida axborot uzatadi, u va undan yuqori
toifadagi kabellardan 10 gigabitli tarmoqlarda ham qoʻllash mumkin;
−
7-toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi porloq va 600 MGs
gacha chastota oraligʻida axborot uzatishi mumkin. EIA/TIA 568
standartiga koʻra texnik koʻrsatgichi mukammal 3, 4 va 5-toifadagi
kabellarning 1 MGsdan to kabelni maksimal chastota oraligʻida toʻliq
27
toʻlqin qarshiligi 100 Om +15 % tashkil qilish kerak. Koʻrinib turibdiki,
talablar uncha qattiq emas, toʻlqin qarshilik qiymati 85 dan 115 Om
oraligʻida boʻlishi mumkin. Shu yerda aytib olish kerakki,
ekranlangan
oʻralgan juftlik SPT standart talabiga asosan 150 Om ±15 % boiishi
lozim. Kabel va qurilmani impedansini moslash uchun (agarda, ular mos
kelmasa),
moslovchi
transformatorlardan
(Baiun)
foydalaniladi.
Shuningdek, tolqin qarshiligi 100 Om boigan ekranlangan оʻralgan
juftlik ham uchrab turadi. Standart qoʻygan ikkinchi muhim koʻrsatgich
— bu turli chastotalarda kabel orqali oluvchi signalni eng koʻp soʻnish
koʻrsatgichidir.
Koʻpincha oʻralgan juftlik axborotlarni. faqat bir tomonga uzatish
uchun ishlatiladi, yaʻni «Yulduz» yoki «Halqa» topologiya turlarida.
«Shina» topologiyali tarmoqlarda, odatda, koaksial kabel turidan
foydalaniladi. Shuning uchun oʻralgan juft
kabelni ulanmagan uchiga
tashqi moslash qurilmasi (terminator) amalda deyarli qoʻllanilmaydi.
Kabellar ikki turdagi tashqi qobiqda ishlab chiqariladi:
• polivinilxloridli qoplamali (PVX, PVC) kabellar arzon va xona
sharoitida ishlatilish uchun moʻljallangan;
• teflon qoplamali kabellar, nisbatan narxi qimmat va tashqi
muhitida foydalanish ham mumkin.
Strukturali kabelli tizimlar – asosan sigʻimi, ishonchliligi va
modifikasiyalashgan (turlanish) talablarga xos boʻlishi kerak. Ular
gorizontal, vertikal va kampus tarmoqqa boʻlinadi. (1.2.4-jadval.)
1.2.3- jadval.