230
xizmatlar asosiy xizmat turlarini ta’minlab berish
(chaqiruvlarni uzatish va yo‘naltirish va h.k.);
– Xizmat ko‘rsatish sifatini (QoS) ta’minlab berish uchun
H.323 ilovalarning o‘tkazish polosani ishlatishni boshqarish;
– Tarmoq resurslarni umumiy foydalanishni boshqarish;
– Tizimli administratsiyalash va xavfsizligini ta’minlash.
H.323 tavsifnomasi zona nazoratchini shart emas komponent deb
aniqlaydi, shunga qaramasdan bu qurilma bo‘lmasa IP-telefoniya va
multimediyali telekonferensiya ilovalari uchun H.323 standart
yaratuvchilari tomonidan nazarga olingan xar xil xizmatlardan
foydalanish imkoniyat bo‘lmaydi.
Ko‘pnuqtali konferensiyani boshqarish qurilmasi (MCU) – uchta va
undan ortiq qatnashuvchilari o‘rtasida konferensiyani quvvatlash uchun
mo‘ljallangan. Bu qurilmada nazoratchi Multipoint Controller (MC)
bo‘lishi kerak, va protsessorlar MultipointProcessors (MP) xam bo‘lishi
mumkin. Nazoratchi MCN.245 protokolini quvvatlaydi va terminallar
o‘rtasida audio va video oqimlarni qayta ishlash parametrlarni
moslashtirish uchun mo‘ljallangan. Protsessorlar shu oqimlarni
kommatutsiyalash, mikshirlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.
Ko‘pnuqtali konferensiyaning konfiguratsiyasi markazlashgan,
markazlashmagan (5.1.10-rasm), gibridli va aralash bo‘lishi mumkin
(5.1.11-rasm).