• Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir.
  • O‘tiladigan mavzular Soati O‘ti sh vaqti
  • O `zbekiston Respublikasining bayrog`i(
  • I.Kirish: Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi
  • 2-mavzu: Tish yuvish ertalabki go’zallik , kechqurun
  • Tarbiyaviy soat




    Download 1,69 Mb.
    bet1/42
    Sana10.04.2017
    Hajmi1,69 Mb.
    #3805
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42


    Xalq ta’limi vazirligi

    Respublika Ta’lim markazi
    логотип copy
    Umumta'lim maktablarining 2-sinflarida

    Tarbiyaviy soat” mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha metodik qo‘llanma



    (sinf rahbarlari uchun)
    mc900432665[1]
    Toshkent - 2016

    Tushuntirish xati

    Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi, hammasining zamirida tarbiya yotadi.

    Islom Karimov

    Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan azaliy va abadiy qadriyatdir. Alohida odam ham, butun insoniyat ham tarbiyasiz mavjud bo‘lolmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar avloddan- avlodga tarbiya tufayligina o‘tadi.

    Hozirgi davrda mamlakatimizda samarali tarbiya va ta'lim uyg‘unlashib, barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan va yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yigit-qizlarni XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazishda ustoz va murabbiylarning xizmatlari alohida o‘rin tutadi.

    Shu nuqtai nazardan o‘quvchilarga sifatli ta'lim-tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqat, yurtga hurmat hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda umumta'lim maktablarida o‘tiladigan “Tarbiyaviy soat”larning o‘rni beqiyosdir.

    O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi “Umumiy o`rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida” 130 -sonli qarori asosida o`quv rеjada o`quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmynan qayta ko`rib ciqilib, intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.

    Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir.

    Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`iga 2-ilova: Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi.
    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzularning dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.



    Mazkur qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.

    Umumta'lima maktablarining 2-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik, kiyinish odobi, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalarni o‘tkazishda nimalarga e'tibor berish to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.

    Tarbiyaviy soat” mashg‘ulotlarini o‘tish va mazkur mashg‘ulot ishlanmalaridan foydalanishda o‘qituvchi ijodiy yondoshgan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida har xil qiziqarli o‘yinlar orqali noananaviy tarzda tashkil qilishi mumkin.




    2 SINF



    O‘tiladigan mavzular

    Soati

    O‘tish vaqti

    1.

    O`zbekiston Vatanim manim.

    1




    2.

    Ko‘cha va yo‘llardan o‘tish qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari)

    1




    3.

    Tish yuvush-ertalabki o`zallik,kechqurun sog`liq namunasi

    1




    4.

    Ona maktab bag‘rida

    1




    5.

    Ustozga hurmat (1-oktabr-O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

    1




    6.

    Bizning bog`imiz

    1




    7.

    Yo‘l belgilari, taqiqlovchi belgilar (Yo‘l harakati qoidalari)

    1




    8.

    Ona tilim-jonu dilim (O`z.Res.”Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)

    1




    9.

    O `zbekiston Respublikasining bayrog`i(18-noyabr O`z. Res.bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)

    1




    10.

    Yuk avtomobillarida o‘quvchilarni tashish (Yo‘l harakati qoidalari)

    1




    11.

    Maktab jihozlarini ko`z qorachig`idek asraymiz.

    1




    12.

    Baxtimiz– qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)

    1




    13.

    Haydovchining ogohlantiruvchi ishoralari (Yo‘l harakati qoidalari)

    1




    14.

    Madhiyani kuylaylik (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)




    1




    15.

    Yangi yil (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)

    1




    16.

    Vatanparvar ajdodlarimiz (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)

    1




    17.

    Tirnoqlarni toza tutish gigiyenasi

    1




    18.

    Yo‘l-transport hodisalarining sabablari (Yo‘l harakati qoidalari)

    1




    19.

    Kiyinish odobi

    1




    20.

    Buyuk ajdodlarimiz (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)

    2




    21.

    Do`stlik-bebaho me’mat

    1




    22.

    Oilada mening o‘rnim va vazifam

    1




    23.

    Onalar-uyimiz charog`boni (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)

    1




    24.

    Ko‘cha va yo‘llarning qatnov qismidagi chiziqlar (Yo‘l harakati qoidalari)

    1




    25.

    Milliy an’analarimiz-g`ururimiz. ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan)

    1




    26.

    Biz kimlardan o‘rnak olamiz?

    1




    27.

    Tabiatni sevish va asrash.

    1




    28.

    Svetafor va tartibga soluvchining ishoralari (Yo‘l harakati qoidalari)

    1




    29.

    Ona Vatan-aziz! (Xotira va qadrlash kuni oldidan)

    1




    30.

    Non qayerdan keladi?

    1




    31.

    Kitob bizning do`stiniz.

    1




    32.

    Temir yo‘l kesishmalarida harakatlanish (Yo‘l harakati qoidalari)

    1




    33.

    Yozgi ta’til-bir yilga ta’tir.

    1







    Jami:

    34





    1-mavzu: O`zbekiston Vatanim manim.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi:

    Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o‘quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish; o‘quvchilar nutqini o‘stirish.

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.

    Tashkiliy qism: O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.

    Ma’naviyat daqiqasi

    Vatan ona, Vatan chamandir,
    Vatan quyosh, Vatan osmondir.
    Vatan she’rdir, Vatan xayoldir,
    Vatan tuproq, Vatan iymondir.


    II.Asosiy qism:

    Bizning Vatanimiz O‘zbekiston! O‘zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug‘ilib o‘sgan maskan. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida shu muborak zaminning har bir qarichiga mehru-muhabbat uyg‘otish bugungi kunning eng ustuvor fazilatlardan biridir. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go‘zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag‘ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.

    Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug‘ilib o‘sdim. O‘zbekiston juda go‘zal diyor. O‘zbekistonda go‘zal bog‘lar, yuksak tog‘lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go‘zal shaharlar ko‘p. O‘zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo‘lib, go‘zallikda tengi yo‘q. O‘zbekiston jannatmakon diyori.

    Bizning yurtimizda yoshlarga juda katta e’tibor qaratilgan. Chunki biz yoshlar O‘zbekistonning kelajagimiz. Biz yoshlarning yaxshi yashashimiz, yaxshi ta’lim-tarbiya olishimiz, dam olishimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yurtimizda bizning yaxshi ta’lim-tarbiya olishimiz uchun yangidan-yangi maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari bunyod etilgan. Biz yoshlarning jismonan baqquvat va sog‘lom bo‘lishimiz uchun sport inshootlari va maydonlar, suv havzalari qurib bitqazildi.

    O‘zbekistonning poytaxti - Toshkent shahri.
    Poytaxt - davlatning bosh shahri, mamlakatning maʼmuriy-siyosiy mar-kazi. P., odatda, markaziy (umummilliy) xukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi hisoblanadi. Odatda, P. aloxdsa boshqaruv tartibi boʻlgan mustaqil maʼmuriy birlikka ajratiladi.
    Kollej (ing . college) - 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda universitet tarkibida). Dastlab 13-asr boshlarida Buyuk Brita-niyada vujudga kelgan; 2) Fransiya, Shveysariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki K. oʻrta asrda universitetlarda paydo boʻldi; 3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. OʻzRning 1997 yil avg .da qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1998 yil fevral dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan.
    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
    Toshkent juda ko‘hna va qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir. Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Shu zaminning munosib farzandi bo‘lib yashaylik.

    Qancha diyorlarda sayr etib yurdim,
    Qancha manzillarda tuzdim oshiyon.
    Va buyuk hikmatga axir yuz burdim,
    Siylangan joyida azizdir inson.
    Yurtim senda ekan nasibam tugal
    Sen o‘zing maskanim, sen o‘zing jonim
    Sen onam, sen singlim, yorimsan azal.
    Ey jonim, jahonim O‘zbekistonim.



    1991 yil 1-sentabr kuni olamshumul ahamiyatga ega bo‘‘lgan voqea yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e`lon qilindi. O‘zbekiston tenglikni, hurlikni qo‘lga kiritdi. Ona diyorimizni jahon tanidi.

    Hurmatli Presidentimiz: “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo‘lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.


    III.Yakuniy qism:



    Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta’tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o‘ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo‘lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O‘z tanlagan yo‘li, o‘z aytar so‘zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti

    Savol:.

    Biz ham barkamol avlod bo‘lishimiz uchun o‘zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog‘imiz darkor?

    (…).

    Tarona guruhining “O‘zbekiston” qo‘shig‘i tinglanadi.

    -Qo‘shiq nima haqida ekan?

    -Vatan haqida ekan. Qo‘shiq nima haqida ekan?
    O‘quvchilarning javoblaridan so‘ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. O‘quvchilar aytishadi.O‘qituvchi ularning javoblarini xattaxtaga yozadi.
    O‘quvchilarni rag‘batlantirish.

    untitlged-1.jpg

    2-mavzu: Tish yuvish ertalabki go’zallik , kechqurun sog’lik namunasi.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : Tishlarni parvarishlash, ularni doimo sog’lom va chiroyli saqlashga o’rgatish. Salomatlik uchun tishlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar berish.

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : Tish cho’tkasi, pasta va mavzuga oid turli rasmlar.

    Mashg’ulotning borishi.

    Tashkiliy qism.

    O’qituvchi : O’quvchilar biz sizlar bilan avvalgi mashg’ulotumizda ko’chada yurish odobi haqida suhbatlashgan edik. Bugun esa sizlar bilan salomatligimiz uchun zarur bo’lgan tishlarimiz haqida suhbatlashamiz . Biz sizlar bilan amaliy mashg’ulot o’tkazamiz.

    II. Asosiy qism

    Inson tana a’zolari badani, oyoq va qo’llari,bosh va boshdagi barcha a’zolarning ish faoliyati haqida ma’lumotlar beriladi. Ichki va tashqi a’zolar ularning faoliyati va salomatlik uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi haqida suhbatlashiladi.

    Inson salomatligi uchun eng zarur bo’lgan a’zo bu- tishlarimizdir.Tishlar chaqaloqlarda 5,5- 6 oylikdan chiqa boshlaydi.Bu tishlarni biz sut tishlari deymiz. Bu sut tishlar necha oylikda chiqqan bolsa, osha yoshdan tusha boshlaydi . Chunki bu tishlar juda mo’rt va nimjon bo’ladi. Uning o’rniga birin –ketin sog’lom va baquvvat tishlar chiqa boshlaydi. Tishlar suyakdan iborat. Ular bizga ovqatni tishlash, chaynash uchun hizmat qiladi. Ovqatni qanchalik sekin, shoshmasdan chaynab yesak ,ular shunchalik oson hazm bo’ladi va oshqozonimizga og’irlik qilmaydi.Biz uchun bir umr xizmat qiladigan 32 ta tishlarimiz og’iz bo’shlig’ida joylashgan bo’lib , biz ularni doima toza saqlashimiz kerak. Buning uchun bizga tish pastasi va tish cho’tkasi yordamga keladi.Tishlarimizni qanday yuvamiz ,degan savolga bolalar birin-ketin javob beradilar.

    Bir necha o’quvchi chiqib, amaliy ravishda ko’rsatib beradi va kim to’g’ri ,kim noto’g’ri bajargani muhokama qilinadi.

    Shu o’rinda tish cho’tkasi va tish pastasi har bir odamda o’zi uchun alohida bo’lishi kerakligi eslatib o’tiladi .

    COLGEYT firmasi tomonidab bolalar uchun ishlab chiqilgan maxsus dastur kitobchalari bilan tanishtiriladi va har bir bolaga alohida taqdim etiladi.
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.


    Tish cho’tkalari va pastalarining turlari haqida ham ma’lumot berib o’tiladi.

    3- Yakuniy qism

    O’qituvchi: Demak bugun biz sizlar bilan tishlarimiz va ularning xizmati haqida suhbatlashbik . Tishlarimizni ertalab yuvish go’zallik uchun ,kechqurun yuvish esa salomatligimiz uchun zarurligini bilib oldik. Ovqat qoldiqlari og’iz bo’shlig’ida yig’ilgan bo’lsa, tishlarimiz qanday ayanchli ahvolga kelib qolishini biz rasmlarda ko’rdik .Menimcha, bizning o’rtoqlarimimzning ichida tishlarini parvarish qilmaydiganlari bo’lmasa kerak.




    Download 1,69 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 1,69 Mb.