Buyurtmalar ustida ishlash quyidagilami o ‘z ichiga oladi:
iste’molchilardan buyurtma qabul qiiish, korxonaning manfaatdor
bo‘limlariga buyurtma haqida m a’lumotlar yuborish, mahsulot
ishlab chiqarish to ‘g‘risida qaror qabul qiiish. Iste’molchilarga
kerak bo'lgan tovarlar omborxonada mavjud bo‘lsa, ulami iste’
molchilarga yuborish ustida ish olib boriladi. Zarur tovarlar
omborxonada mavjud bo‘lmagan hollarda ulami tayyorlash uchun
korxonaga buyurtma beriladi.
M ahsulotlam i omborxonaga joylashtirish. Ishlab chiqarish
jarayoni tugagandan keyin tovar iste’molchilarga jo ‘natilgunga
qadar korxona tovarlarni saqlashga majbur. Buning sababi shun-
daki, ishlab chiqarish va iste’moi qiiish ish jarayonlari kamdan-
kam hollarda bir-biriga to ‘g‘ri keladi.
Korxona tayyor mahsulotni saqlashning turli shakllarini tan-
lashi mumkin:
1)tovaming bir qismi korxona omborxonasida, yana bir qismi
mahsulot iste’moi etiladigan hududlarda saqlanishi;
2) ishlab chiqarilgan mahsulotning barchasi korxona ombor-
xonalarida saqlanishi;
3) korxona umumiy foydalaniladigan omborxonalarda joyni
ijaraga olishi;
4) tovarlarni saqlash uchun uzoq muddat foydalaniladigan om~
borxonalardan yoki tranzit omborxonalardan foydalanish mumkin.
Tovar-moddiy boyliklar zaxirasini m a ’lum darajada ushlab turish. Iste’molchini unga zarur bo'lgan tovarlar bilan uzluksiz
ta’minlab turish uchun ishlab chiqaruvchi korxonasi omborida
yoki tovar iste’moi etiladigan hudud omborxonalarida tovar-moddiy
boyliklar zaxirasi yaratiladi. Zaxiralar maxsus me’yorlarda ko‘zda
tutilgan saviyada ushlab turiladi.
66
Tovami iste’mol joylarga transportda jo ‘natish va shartnomada
ko‘zda tutilgan talablarga muvofiq ulami iste’molchilarga yetkazish
sotish jarayonining yakuniy bosqichi hisoblanadi.