birlamchi shartlarini o‘zgartirish haqidagi xohishlaming qondirilish
darajasini xarakterlaydi. Bunga buyurtmani o'tkazish
shakli yoki
usulini o'zgartirish va boshqalar kiradi.
Yetkazib berishning ishonchliligi
yetkazib beruvchining shart-
nomada ko‘rsatilgan buyurtma bajarilish
muddatlariga rioya qiiish
imkoniyatlarini aniqlaydi. Yetkazib berishning ishonchliligiga ta’sir
etuvchi muhim omil bo‘lib, shartnomada ko‘rsatilgan majburiyat
(kafolat)laming mavjudligi hisoblanadi,
bu majburiyatlarga asosan
yetkazib beruvchi buyurtma bajarilish muddatlari buzilgaligi uchun
javobgar bo‘ladi.
Buyurtma bajarilish davomiyligi
buyurtma
olinish vaqtidan
tovarlar partiyasini iste’molchiga yekazib borishgacha bo‘lgan kalen-
dar davrini xarakterlaydi. Buyurtma bajarilish davomiyligi o‘zining
tarkibiga quyidagilarni oladi: buyurtmani hujjatlashtirish, ishlab
chiqarish,
qadoqlash, tushirish va iste’molchiga yetkazib berish.
Sotuvdan keyingi logistik servis.
Tovarlar ekspluatatsiyasining
butun muddati davomida texnik xizmat ko‘rsatish, iste’molchilami
o‘qitish va axborot bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar kompleksini
tashkil etadi. Sotuvdan keyingi davr ichida logistik xizmat ko‘rsatish
quyidagi asosiy tadbirlami o‘z ichiga oladi:
• tovar sotilgandan keyin xaridorga ko'rsatiladigan xizmatlami
aniqlash;
• yetkazib berish shartlarini kelishish jarayonida sotuvdan
keyingi xizmat ko‘rsatish ketma-ketligini o‘rnatish;
• zarur bo‘lgan texnik hujjatlami tayyorlash
va chiqarish tovar
iste’molchilarini o'qitish;
• ehtiyot qismlari hamda yetkazib berilayotgan tovarlar ustidan
nazoratni amalga oshirish imkonini beruvclii instrumentlar
va tekshiruv uskunalari bilan ta ’minlash;
• logistik xizmat ko‘rsatish jarayonini uni to ‘g‘ridan-to‘g£ri
amalga oshirish yo‘li bilan yoki subpudratchilar, distrebyu-
torlar (tarqatuvchilar), mijozlar tomonidan
olib borilayotgan
xizmat ko‘rsatish sifati ustidan nazorat o ‘rnatish orqali
boshqarish;
• ehtiyot qismlarini saqlash va sozlash ishlarini olib borish
uchun joy va infrastrukturani
aniqlash va tayyorlash;
200
• ehtiyot qismlari harakati jarayonida qadoqlash va vaqtinchalik
omborga joylashtirish, yuklash-tushirish ishlari,
transport
vositalari hamda xizmat ko‘rsatish personalining harakatini
boshqarish.