3.
uskunalarning murakkabligi va narxining yuqoriligi.
TIUning
asosiy kamchiligi etalonlarga, standartlashtirilgan namunalarga,
standartli aralashmalarga va darajalangan graduirovka grafiklariga bo’lgan
talabdir. Biroq, ta’kidlash joizki, zamonaviy tahliliy uskunasozlik “soyasida”
an’anaviy kimyoviy uslublar,
yuqori darajadagi aniqligi, ishonchliligi va
ochiqligi bilan o’z ahamiyatini yo’qotmadi. Ular tahlilning yuqori darajadagi
aniqligi kerak bo’lganda va vaqt chegaralanmaganida, tengsiz hisoblanadi.
Bundan tashqari TIU uchun etalonlar an’anaviy kimyoviy uslublar yordamida
tayyorlanadi. Arbitraj sudlarda ham kimyoviy
uslublarda olingan yuqori
darajadagi aniqlik afzalroq bo’lib hisoblanadi.