tahlil qilishda kimyoviy uslublarni qo’llash,
xuddi tuyaning vaznini, uning
yungini qirqishdan avval va keyin o’lchash bilan
aniqlagandek gap ekanligiga
ishora qiladi.
3
. Refraktometriya – sinish ko’rsatkichini kontsentratsiyaga bog’liqligiga
asoslanadi. Sinish (
refraktsiya) – bir muhitdan ikkinchisiga o’tish vaqtida tog’ri
chiziq bo’yicha taralayotgan nurning yo’nalishini o’zgartiradi, bunda nur muhit
bilan o’zaro ta’sirga kirishadi.
Refraktometriya – sinish ko’rsatkichining
kattaligi bilan baholanadigan,
nurning sinishini o’lchashdir. Uslub bajarilishining soddaligi bilan farqlanib, 10
-3
% gacha aniqlikni ta’minlaydi, shuning uchun keng ko’lamda qo’llaniladi.
Ozuqa mahsulotlari (don, dukkakli don mahsulotlari va ularni qayta
ishlashdan olingan mahsulotlar, non mahsulotlari va hokazo) tarkibidagi yog’larni
aniqlashda refraktometrik uslub qo’llaniladi. Uslub mahsulotdan o’lchab olingan
namunadagi yog’ni b-bromnaftalin yoki b-xlornaftalin yordamida ajratib olishni
nazarda tutadi. Yog’ning foizi erituvchining
sinish qiymati va erituvchi
tarkibidagi yog’ eritmasi qiymati orasidagi tafovut orqali aniqlanadi (1.1 – jadval)