154
Chexiyada esa kambag‘al aholini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash uchun
asosiy nafaqadan tashqari mahsulotlar va pul ko‘rinishidagi qo‘shimcha ko‘maklar
beriladi.
AQShda kambag‘allarga ko‘rsatilayotgan yordam aholining 15 foizidan 20
foizigacha qismini qamrab oluvchi maxsus dasturlar orqali tarqatiladi. Eng ko‘p
tarqalgan yordam turlari bu oziq-ovqat talonlari, arzon uy-joy olish dasturlari,
qariyalar uchun tibbiy va ijtimoiy yordam turlari, bola parvarishlash bo‘yicha
nafaqalar va boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlash turlarini o‘z ichiga oladi. AQSh
An’anaviy tarzda keng ko‘lamli xayriya fondlari amaliy tajribasini qo‘llanilishi va
rivojlantirilganligi bilan tavsiflanadi.
1
Niderlandiya kam ta’minlangan fuqarolar muammosini hal qilishda maxalliy
hokimiyat organlarini jalb etilishi bilan xarakterlanadi.
Ko‘rinib turibdiki, xorij mamlakatlarida kambag‘allikni qisqartirishda qator
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.