|
Sotsial psixologiya
|
bet | 31/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024POZITIV (IJOBIY)
|
NEGATIV (SALBIY)
|
RASMIY
|
Rasmiy-pozitiv sanksiyalar (R+) jamoatchilik oldida shaxsning rasmiy tashkilotlar tomonidan rag‘batlantirilishi - hukumat sovrinlari, davlat medallari, stipendiyalar.
|
Rasmiy-negativ sanksiya (R-) yuridik qonunlar, hukumat qarorlari, buyruq va farmoyishlarida ko‘rsatilgan jazolashlar - qamoq jazosi, fuqarolik huquqidan mahrum etish, ishdan bo‘shatish, jarima solish, mulkni musodara qilish kabi jazolar.
|
NORASMIV
|
Norasmiy-pozitiv sanksiya (N+) rasmiy tashkilotdan chetda bo‘lmagan jamoatchilik oldida rag'batlantirish: kompliment, olqishlash.
|
Norasmiy-negativ sanksiyalar (N-) rasmiy bosqich va yo‘l-yo‘riqlar bilan ko‘rib chiqilmagan jazolar: tanbeh, ustidan kulish.
|
V.3. Sotsial rol tushunchasi va ko‘rinishlari
Shaxsning jamiyatdagi xatti-harakatlarini nazorat qilib turishga yordam beruvchi yana bir mexanizm sotsial roldir. Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan sotsial normalar va sanksiyalarni u yoki bu sotsial rollarni bajarishi mobaynida xulqida namoyon etadi.
Sotsial rol jamoatchilik munosabatlari tizimida u yoki bu individ egallovchi ma’lum holatning fiksatsiyasidir. Sotsial rol o’zida jamoatchilik munosabatini aks ettiruvchi shaxsning sotsial faoliyati va xulq-atvorining muhim ko‘rinishidir.
Ilk marotaba sotsial rol tushunchasi amerikalik sotsiologlar Ralf Linton va Djorj Gerbert Mid tomonidan ilmiy atama sifatida taklif etilgan. Har bir individ bir emas, bir nechta sotsial rollarni bajaradi. Sotsial rol uni bajaruvchi shaxsning har bir harakati va faoliyatini mayda-chuydasigacha belgilab bermaydi, balki bu shaxs o‘z rolini qanchalik qabul qilganligiga qarab o‘z rolini bekam-u ko‘st bajarishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Sotsial rolning asosiy tavsiflari amerikalik sotsiolog Tolkott Parsons tomonidan ajratib ko‘rsatilgan. Bular masshtab, qabul qilish usuli, emotsionallik, shakllantirish, motivatsiya.
|
| |