Bog'liq FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎУВ ЎЛЛАНМА
Harorat diapazoni va ishchi bo‘lgan to‘lqin uzunligi Pirometrning aniq modeli uchun o‘lchanadigan harorat diapazoni ishchi
bo‘lgan to‘lqin uzunligi bilan aniqlanadi. YUqori haroratlarni o‘lchashga
mo‘ljallangan pirometrlar ancha qisqa to‘lqinlarda ishlaydi, chunki haroratni
ortishi bilan nurlanish spektri qisqa chastotalar tomonga qarab siljiydi. Qoidaga
49
ko‘ra, foydalanuvchi uchun ishchi chastota juda muxim emas, shuning uchun
texniku tavsifda ushbu parametr ko‘pincha ko‘rsatilmaydi, biroq ishchi haroratni
diapozoni albatta ko‘rsatilishi zarur.
Laboratoriya ishi qurilmasini bayoni Laboratoriya qurilmasini prinsipial sxemasi 2.5-rasmda keltirilgan.
Sxemadan ko‘rinadiki, tarmoqdagi kuchlanish saqlagich va «Ulash» tumbleri
orqali AS/DC konvertorga kelib tushadi. Konvertordan chiqishda 12 V
kuchlanish olib tashlanadi va stabilizator sxemasi va R1, R2, R3 elementlarda
tayyorlangan kuchlanishni boshqarib turuvchi, hamda kuchlanishni stabilizatori
DA1(TL317) orqali qizdiruvchi elementga etkazib beriladi. CHiqaruvchi
kuchlanishlar klemmalarga kiritiladi va simlar orqali qizdiruvchi elementga
ulanadi. O‘zgaruvchan R2 qarshilik bilan kiruvchi kuchlanishlar 1-12V
diapazonda boshqarilib turiladi va bunga muvofiq holda qizdiruvchi elementni
harorati muvofiqlashtirib turiladi. Qizdiruvchi elementni harorati 4 A tokda 450
gradusga etadi. Qurilma qizdirilgan tokni haroart qiymatini kiritish uchun uzelga
ega. O‘zgaruvchan Rt rezistori yordamida qayd etuvchiga harorat qiymatlari
haqidagi ma’lumotlarni qo‘l bilan kiritiladi.
2.5-rasm. Laboratoriya qurilmasini prinsipial sxemasi
Nazoratlash
va
kompyuterga
berish
uchun
zanjirdagi
tok
kommutatsiyalovchi tranzistor chiqishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzib tashlanadi.
SHuntni qarshiligi sifatida qizdirilgan elementni qarshiligidan foydalaniladi.
50
Ma’lumotlarni qayd etuvchining xotirasiga kiritgandan so‘ng, qayd
etuvchini tugmasini bosish lozim va bunda ma’lumotlar avtomatik ravishda
kompyuterga jo‘natiladi.