12
• sinfdoshlari uning ustidan kuladi;
• ota-onasidan gap eshitadi.
Xulosa (baliqning dumi yoniga yoziladi).
−
kun tartibiga rioya qilishi kerak;
−
bu muammolar haqida ota-onasi yoki oʻqituvchisi bilan gaplashishi kerak;
−
oʻzidagi dangasalikni yengishi kerak;
−
yangi bilimlar olishga intilishi kerak.
Esse
– bu erkin shakldagi insho boʻlib, u muallifning biror masalaga
munosabatini ifodalab, uni asoslab beradi. Essening mazmuni puxta oʻylangan,
mantiqan toʻgʻri tuzilgan, tarkiblangan (kirish, asosiy qism va xulosadan iborat)
boʻlishi kerak. Muallif esseda murojaat qilgan maʼlumotlar, faktlar, raqamlarning
manbayi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Esseda ijodiy yondashuv sezilib turishi
kerak.
Essening tuzilishi: masalani qoʻyish – fikrlash – rejalashtirish – yozish –
tekshirish – takomillashtirish.