|
Sinf rahbari daftari “kelishildi” mmibdo‘
|
bet | 43/54 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #142870 |
Bog'liq 1-4 sinflar Sinf rahbari daftari hujjatlari 2023-2024Ta'lim muassasalari o’quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlash va ularga qo’yilgan talablar
1. O’quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
kiyimlarning o’ta tor yoki o’ta keng bichimda bo’lmasligi;
qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda bo’lishi;
o’g’il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to’pig’idan pastda bo’lishi;
oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo’lmasligi;
ko’ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo’lishi
kiyimlarning toza va dazmollangan bo’lishi.
2. O’quvchilar ta'lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta'lim muassasasida o’tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.
O’zbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o’rta ta'lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o’quvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo’shishga yo’l qo’yilmaydi.
Shuningdek, umumta'lim maktablarida:
o’g’il bola o’quvchilarning ta'lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo’ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo’lgan va yorqin ranglarga bo’yagan holda kelishlariga;
qiz bola o’quvchilarning ta'lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo’yagan, yuzini ko’zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog’iga bittadan ortiq sirg’a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo’l tirnoqlarini bo’yagan va uzun qilib o’stirgan holda kelishlariga yo’l qo’yilmaydi.
|
| |