|
Sinf: 11 Mavzu
| bet | 1/3 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #121889 |
Bog'liq Tasvirga matn joylashtirish
Sana:18.01.2019
Sinf:11
Mavzu: Tasvirga matn joylashtirish
Fan: Informatika
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash va tasvirga matn joylash usullarini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:
TK: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish;
FK: tasvirlarni grafik uskunalar yordamida to‘plashni biladi, amaliyotda qo‘llay oladi;
Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
Dars turi: Yangi bilim berish.
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O’qitish vositalari:11-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
-
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
-
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
-
PhotoShopda tasvirlarga geometrik shakllami qo‘shadigan nechta uskuna bor?
-
Geometrik shakllami tasvirga joy lash uskunalari klaviatura orqali qanday faollashtiriladi?
-
Geometrik shakllami joy lash uskunalari yordamida tasvirga bir nechta geometrik shakllami joylang. Ular joylashgan qatlamlar ketma-ketligini o‘zgartiring.
-
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
|
| |