119
tarkibiga, ya’ni donalarining yirikligi va ular orasidagi bo‘shliqlar hajmiga bog‘liq.
Qorishmada ohakning roli qum zarralari orasidagi hamma bo‘shliqlarni to‘ldirish va
ularni yupqa xamir qatlam bilan qamrab olishdan iborat. Keragidan ortiqcha ohak
solinsa, cho‘kish darzlari hosil bo‘lishi mumkin, ohak kam solinsa, qorishma yaxshi
yoyilmaydi va unchalik mustahkam bo‘lmaydi.
To‘ldirgichlarning kavaklanuvchanligi undagi yirik va mayda donalar nisbati
bilan aniqlanadi. Optimal tarkibidagi qum zarralarining orasidagi kavaklar ohak
zarralaridan bir necha bor katta bo‘ladi. Shuning uchun ham qulay joylanuvchan
qorishma ishlash uchun nisbatan ko‘p ohak sarflashga to‘g‘ri keladi. Ohak sarfini
kamaytirish maqsadida to‘ldiruvchi qo‘shilmalar solinadi. Ohak zarralariga
qaraganda kam dispers bo‘lganligi uchun qo‘shilmalar to‘ldirgich orasidagi yirik
kavaklarni to‘ldiradi.
Ayniqsa tuyilgan ohaktosh bu jihatidan yaxshi natija beradi. U ohak bilan
reaksiyaga kirishib CaSO
3
Ca(OH)
2
nH
2
O kompleks birikma hosil qiladi va shu bilan
qorishma mustahkamligini kamayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ohaktosh bo‘lsa qotayotgan
mahsulotda CaCO
3
kristallarining hosil bo‘lishi jarayoni tezlashadi: CaCO
3
ning
mayda zarrachalari kristallanish markazlari, kurtaklari hisoblanadi. Ohak bilan
ohaktosh aralashmasini mayda tuyish mahsuloti karbonat ohak deb atalgan. Unda
CaCO
3
vaznan 40-60% bo‘lishi mumkin. Qancha bo‘lishi kerakligi karbonat ohakda
aktiv CaO+MgO dan, quruq moddaga hisoblaganda kamida 30% gacha bo‘lishi lozim
degan shartga asosan belgilanadi. GOST mayda tuyish darajasi va so‘nish tezligi
bo‘yicha oddiy ohakka nisbatan qanday talablarni qo‘ysa, karbonat ohakka nisbatan
ham xuddi ana shunday talablar qo‘yadi.