161
2.3-rasm. Ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orishning
sxematik va umumiy ko‘rinishlari
Ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orish usuli doimiy
tarzda ham, davriy ravishda ham qo‘llanilishi mumkin.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda pollarga bo‘lib bostirib
sug‘orish usuli asosan sholi maydonlarini sug‘orish va
sho‘rlangan ekin maydonlarining sho‘rini yuvish uchun
qo‘llaniladi (2.3-rasm).
Ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orish
usulini
qo‘llash uchun dala maydoni oldindan 0,2 gektardan 0,5
gektargacha bo‘lgan pollarga bo‘lib chiqiladi.
Pollarning o‘lchamlari, shakli va maydoni mahalliy
sharoitlardan kelib chiqib tayinlanadi. Mahalliy sharoitlar esa
asosan ekin maydoni yuzasining nishabligi
va tekisligi bilan
ifodalanadi.
Pollarning to‘rt tarafi 0,2-0,3 m balandlikdagi tuproq
ko‘tarmasi bilan o‘rab qo‘yiladi.
Pollar qariyb nishabliksiz tekis yuzali qilib tayyorlanadi.
162
Aksariyat holatlarda pollar tubining nishabligini 0,0005-0,001
dan ortib ketmasligi tavsiya qilinadi.
Sug‘orish mana shu pollarni suv bilan to‘ldirish asosida
amalga oshiriladi. Bunda sug‘orishga berilgan suv bilan polni 10-
20 sm qalinlikda to‘ldiriladi.
Pollarga suv ma’lum muddatlarda
beriladi va bu muddat
odatda 7-8 kunga teng bo‘ladi.
Sholi kabi suvda yashovchi ekinlarni sug‘orish uchun polda
doimiy ravishda 10-15 sm qalinlikdagi suv qatlami saqlanadi.
Ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orish jarayonida
poldagi suvning
bir qismi tuproqqa shimiladi, boshqa bir qismi
esa poldan tashqariga chiqarib yuboriladi.
Ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orish usulining
afzalligi
uning soddaligi, yuqori mahsuldorligi, shuningdek
tuproq yuzasini suv bilan bir tekis qoplashidadir.
Ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orish usuli O‘zbe-
kistonning deyarli barcha hududlarida qo‘llaniladi
va bu usul
bilan mamlakatdagi sug‘oriladigan yerlar umumiy maydonining
9% ga yaqini sug‘oriladi.
Ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orilganda,
tuproqdagi tuzlar siqilib tuproq profilining chuqur qatlamlariga
qarab tushirib yuboriladi.
Ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orishning
asosiy
kamchiligi sug‘orishga suvni ko‘p ishlatilishi sanaladi.
Shuningdek, ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orish
natijasida yer osti suvlari sathining tez ko‘tarilib ketishi
kuzatiladi.
Oqibatda tuproqning yuqori qatlamida organik moddalarning
harakatlanishi jadallashib, tuproq strukturasini
buzilishi yuzaga
kela boshlaydi.