151
Suv berishni zovurlar oralig‘ining o‘rtasidagi cheklardan
boshlab, zovurlar tomon va dala etagidagi
cheklardan yuqoriga
qarab siljitib boriladi.
Tuproq sho‘rini yuvish odatda kecha-yu kunduz davomida
to‘xtatmay o‘tkaziladi.
Har bir chek undagi suv qatlami 15-20 sm ga yetgunicha
to‘ldiriladi. Chekka to‘ldirilgan suvning miqdori sho‘r yuvishning
umumiy me’yoriga yetmagan holatlarda umumiy sho‘r
yuvish
me’yori tabaqalashtirib beriladi.
Cheklar iloji boricha qisqa muddatda suvga to‘ldirilishi
kerak.
Buning uchun cheklarga suvni muvaqqat ariiqlar orqali
kamida 30- 40 l/s sarf bilan beriladi.
Suv har bir chekka o‘rtadagi o‘qariqdan
alohida beriladi va
suvni bir chekdan ikkinchi chekka o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi
(1.47-rasm).
a) sho‘r yuvishga suv berish
arig‘i
b) sho‘ri yuvilayotgan ekin
dalasi
1.47-rasm. Sho‘r yuvish o‘tkazilayotgan ekin dalasi (Alimjanov A.)
.
152
Sho‘r yuvishga berilayotgan suvning sarfi suv o‘lchash
vositalari (Tomson va Chipoletti vodoslivlari) yordamida nazorat
qilinadi. Suv o‘lchagich bo‘lmaganda suvning miqdorini
cheklarga yig‘ilgan suvning qalinligiga qarab nazorat qilinadi.
Chek maydonining
barcha qismini suv qoplab, unda kerakli
suv qatlami hosil bo‘lgach, suv berish to‘xtatiladi.
Tuproq tobga kelishi bilan uning sho‘rligi
kimyoviy usullar
yoki elektrokonduktometrlar yordamida aniqlanib baholanadi.
Olingan natijalarni sho‘r yuvishdan avvalgi ko‘rsatkichlar
bilan taqqoslash asosida o‘tkazilgan sho‘r yuvishning samarasi
baholanadi.