316
11.6.1. Qumli filtrlarni yuvish
Qumli filtrlarni yuvish uning turiga qarab ikki ko‘rinishda
amalga oshiriladi.
Bir kamerali
filtrlarni yuvish uchun, ular ishdan to‘xtatiladi
va keyin yuviladi.
Bunda filtrga kelayotgan suvning jo‘mragi yopiladi va
yuvish quvurining jo‘mragi ochiladi. Avval tozalangan suv
filtrning ichiga – teskariga oqiziladi.
Suv filtrlovchi qatlam bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi va
filtrlovchi qatlam ustiga chiqadi. Suv o‘zi bilan birga filtrlovchi
qatlam ustida yig‘ilgan loyqalik – iflosliklar
teskari oqayotgan
suv bilan tashlamaga chiqarib tashlanadi.
Bir kamerali qumli filtrni ishlash va yuvish rejimlari farqi
11.1-rasmda aks ettirilgan.
Ikki kamerali (D/C tipidagi) filtrlarni yuvish filtrni ishdan
to‘xtatmagan tarzda amalga oshiriladi. Bunda filtrning bir
kamerasiga kelayotgan suv jo‘mragi
yopiladi va yuvish
quvurining jo‘mragi ochiladi.
Filtrlash
rejimi
Yuvish rejimi
11.1-rasm. Bir kamerali qumli filtrning ishlash va yuvish
rejimlari.
317
Filtrlash rejimi
Yuvish rejimi
11.2-rasm. Ikki kamerali qumli filtrning ishlash va yuvish
rejimlari.
Filtrlash uskunasining ikkinchi kamerasi ishdan to‘xtamagan
holda faoliyatini davom ettiradi. Keyinchalik ikkinchi kamera
yuvilayotgan vaqtda birinchi kamera filtrlash
faoliyatini davom