240
6.1-jadval
Layflat tipidagi yumshoq quvurlarning
texnik ko‘rsatkichlari
Quvur turi,
diametr
(dyuym)
O‘ramining
uzunligi, m
Ishchi
bosimi
kg
s/sm
2
Ishlash
muhitining
harorati,
ºC
Bir metr
quvurning
og‘irligi, g/m
1”
100
6
–35 - +40
90
1¼”
100
6
–35 - +40
150
1½’’
100
5
–35 - +40
200
2”
100
4
–35 - +40
300
2½’’
100
4
–35 - +40
400
3”
100
4
–35 - +40
520
4”
100
3,5
–35 - +40
720
6”
50
2,5
–35 - +40
980
Layflat tipidagi yumshoq quvurlar issiq va sovuqqa chidamli,
ko‘p yil xizmat qilishi va diametriga qarab 2,5-6 atm.
bosimga
chidashi mumkin.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kichik
diametrli yumshoq quvurlar bosimga nisbatan chidamli
bo‘ladilar. Quvurning diametri ortib borgani sari uning suv
bosimiga chidamliligi pasayib ketadi.
Yumshoq quvurlarni bir yillik ekinlarni sug‘orishda keng
tarqalishining
ahamiyatli jihati shundaki, yumshoq quvurlar
kerakli ekin ekilgan dalasida yer ustiga yotqizilib,
ularga
tomizgichli lenta ko‘rinishidagi sug‘orish shlanglari ulab
chiqiladi. Mavsum davomida tomchilatib sug‘orish shu yumshoq
quvurlar va tomizgichli lentalar vositasida amalga oshiriladi.
Mavsum yakunida esa daladagi ekin hosilini yig‘ib olish
davrida yumshoq quvurlar ham to‘liq yig‘ishtirib olinadi.
241
Bu holat almashlab va navbatlab bir yillik ekinlar (paxta,
sabzavotlar va poliz ekinlari)
yetishtiriladigan dalalarda
tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy qilish uchun juda qo‘l
keladi.
Har yili mavsum boshida yumshoq quvurlar ekin dalasiga
qaytadan yana yoyib chiqiladi.
Yoyilgan yumshoq quvurlarga tomizgichli sug‘orish lentalari
ham qaytadan montaj qilinib, ulab chiqiladi (6.7-rasm).
Mavsum yakunida suv
tarqatuvchi yumshoq quvurlari,
tomizgili sug‘orish shlanglari (lentalari) to‘liq yig‘ib olingan va
toza holatdagi dalada tuproqni kuzgi haydash va tuproqqa bahorgi
ishlov berish yumushlari oson kechadi.
Bundan tashqari mazkur ekin dalasida sho‘r
yuvish ishlari
rejalashtirilgan bo‘lsa, kuzgi – qishki sho‘r yuvishlarni o‘tkazish
ham osonlashadi.
a) yoyish
b) ishlatish
c) yig‘ib olish
6.7-rasm. Yumshoq quvurlarni mavsum avvalida dalaga yoyish,
mavsum davomida ishlatish va mavsum yakunida
yig‘ib olish.