157
bir sharti bor: buning uchun standart dastur bilan zamonaviy kompyuteri
bо‘lishi kerak. Ushbu dasturning mazmuni aynan masofali ta’lim va
zamonaviy tehnika hamda texnologiya bir-biridan ajralmasligidan iborat.
Bugungi kunda talaba о‘z mamlakatidan chiqmay turib, deyarli,
barcha G‘arb universitetlari dasturlari bо‘yicha ta’lim olishi mumkin.
Ta’lim siyosiy va iqtisodiy birlashish jarayonlaridan ilgarilab umumjahon
va umumiy foydalaniladigan bо‘lib bormoqda. Masofali ta’lim g‘oyasida
aynan ta’lim an’anaviy turlarida qabul qilingan (ham kunduzgi, ham sirtqi)
"о‘quvchilarning bilimga intilishlaridan" "bilimlarni о‘quvchilarga qarab
harakatlanishi" juda muhim. Dastavval masofali ta’lim oliy ta’limga ega
insonlarning malakalarini oshirishlari uchun mо‘ljallangan edi. Uning eng
oddiy turi – bu avvallari ham mashhur bо‘lgan televizion kо‘rsatuvlar
seriyasi hisoblanadi: butun bir kanal maxsus ta’lim dasturi uchun ishlaydi.
Hozirgi kunda yanada kuchliroq texnikalar paydo bо‘lishi bilan masofali
ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda. Rossiyada
siyosiy va iqtisodiy
islohotlar sababli uning ba’zi oraliq bosqichlari о‘tkazib yuborildi va eng
ilg‘or – Internet tarmog‘i orqali ta’lim olish turi keng tarqaldi.
Jahon amaliyotida masofali ta’lim barcha kurslari uchun albatta
sertifikat beriladi, uni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas. Barcha
kurslarda ham albatta bunday ishlar yaqin vaqtlarda amalga oshirilishi
lozim. Bugungi kunda taklif etilayotgan kо‘pchilik masofali ta’lim kurslari
– bu qiziqishga asoslangan mashg‘ulotdir. Faqatgina izlash serverlarining
о‘zi "masofali ta’lim" sо‘rovnomangizga minglab manzillarni kо‘rsatib
beradi. Bu dastur о‘quvchiga faylda ma’lum bilimlar hajmi kо‘rinishida
kelib tushadi. Uni о‘rganib chiqqandan keyin "talaba"
dasturni
"tekshirishni" ishga tushiradi -dastur unga savollar beradi.
Savollarga javoblar asosida о‘quvchiga keyingi bosqichga о‘tish
taklif etiladi yoki uning tayyorgarligi yaxshiroq bо‘lishi kerakligi xabar
qilinadi. Aniq fanlarda bilimni baholash masalasi nisbatan oson hal
qilinadi va bu yerda testlar qо‘llanilishi о‘zini oqlaydi, lekin gumanitar
fanlarda albatta javobning matni kerak bо‘ladi. Kо‘plab oliy о‘quv yurtlari
tajribalari nazorat о‘tkazishni sirtqi ta’lim shaklida bо‘lgani kabi, kunduzgi
о‘qish mashg‘ulotlari kо‘rinishida о‘tkazish yaxshi bо‘lishini kо‘rsatadi.
Lekin, misol uchun, oliy о‘quv yurti AQShda, о‘quvchi esa – Rossiyada
158
bо‘lgan hollarda nima qilish kerak? Bu
yerda albatta yozma imtihon
yagona yо‘li hisoblanadi.
Mana shu sababli mamlakatimizda videokonferensiyalar usuli keng
tarqalgan, bugungi kunda qо‘llaniladigan о‘qitish usullaridan biri quyida-
gicha bо‘lishi mumkin: "Talaba" axborotni oladi, uni о‘rganib imtihon
topshiradi. Boshqa usul ham mavjud. О‘quv materiallari serverga
kiritiladi, ularni о‘zlashtirib ma’lum vaqtdan sо‘ng
nazorat ishini
yozadilar. Shunday qilib, bloklar bilan о‘quvchilar butun dasturni
о‘zlashtiradilar, keyin esa tashkilotchilar imtihonlar topshirish vaqtini
belgilaydilar. G‘arbda kо‘chirib olishga odatlanishmagan: agarda bilim
olishni xohlasangiz о‘qish kerak. Endi uyda о‘tirish va g‘arb namunasidagi
diplom olish imkonidan tashqari masofali ta’lim nimasi bilan afzal
eqanligini tushunib olish qoldi.
Uning xususiyatlari
haqida fikr yuritar eqanmiz, birinchi navbatda,
moslashuvchanligi tо‘g‘risida ta’kidlab о‘tish zarur. Masofali ta’lim
tizimida bilim oluvchilar odatda, leksiyalar va seminarlar kabi muntazam
mashg‘ulotlarga qatnamaydilar, balki о‘ziga qulay vaqtda,
qulay joyda
hamda qulay sur’atlarda ishlaydilar. Haqiqatda bilim olishni istovchilar,
odatiy hayot tarzini buza olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun katta
ustunliklar mavjud. Bundan tashqari, о‘qishga kirish uchun talabadan
ma’lum bilim darajasi talab qilinmaydi va har kim fanni о‘zlashtirishi va
baholanishi uchun qancha kerak bо‘lsa, shuncha о‘qishi mumkin.